Главная » Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi » Yoz pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

Yoz pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi

Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog`, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog, 160 gr. shakar, 25 gr. kartoshka kraxmali, 5-6 ta yangi olma, 4 dona tuxum, dolchin.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum va shakarni engil ko`pirtiring. Xona haroratida yumshatilgan sariyog`ni qo`shib, aralashtiring. Endi un, xamiryumshatgich va tuz solib, xamir tayyorlaymiz.

2. Xamirdan zuvala yasab, sellofanga o`rang-da, 20-30 daqiqa muzlatkichga qo`ying.

3. Tvorogni elakdan o`tkazing. Tuxum, shakar va kraxmalni qo`shing.

4. Xamirni aylana shakldagi pishiriq qog`ozi joylangan qolipga solib, qo`lingiz bilan yoying, keyin atroflarini ko`tarib chiqing.

5. Xamir ustidan tvorogli aralashmani solamiz. Yuzasiga yarim oy shaklida to`g`ralgan olma bo`laklarini joylab, dolchin seping. Pirog 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soatda pishadi. Pirogni sovitgach, 1 soat muzlatkichga qo`ying.

8 kishilik

2 soat
Manba: Darakchi.uz



Новости «Yoz pirogi — olma va tvorogning ajoyib uyg`unligi»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz