Главная » Qiziqarli / pazandalik sirlari / ayollar oshxonasi » YaNGIChA BRIZOL — «NIMA PIShIRSAM EKAN» DEB O`YLANAYaPSIZMI?

YaNGIChA BRIZOL — «NIMA PIShIRSAM EKAN» DEB O`YLANAYaPSIZMI?

Zarur masalliqlar: 400 gr. go`sht qiymasi, 50 gr. pishloq, 3 dona tuxum, 1 donadan pomidor va bodring, 3 osh qoshiqdan o`simlik yog`i va sut, ko`katlar, tuz, murch.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumni ko`pirtirib, tuz va ko`katlarni qo`shing.

2. Go`sht qiymasini sellofan ustiga soling-da, jo`va bilan yoying.

3. Qizdirilgan o`simlik yog`iga avval atalangan tuxumni, keyin go`sht qiymasini soling. 15 daqiqa past olovda qopqog`ini yopib qovuring.

4. Go`shtli brizol pishgach, ustidan qirg`ichdan o`tkazilgan pishloq seping-da, sabzavot bo`laklari va ko`katlarni solib, o`rang.

1 kishilik

25 daqiqa
Manba: Darakchi.uz



Новости «YaNGIChA BRIZOL — «NIMA PIShIRSAM EKAN» DEB O`YLANAYaPSIZMI?»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz