Главная » Qiziqarli Qo'shiqlar matni / qo'shiq so'zlari » Ummon - Yurak Yig'laydi (Qo'shiq Matni)

Ummon - Yurak Yig'laydi (Qo'shiq Matni)

Nega sen bugun yo‘qsan yonimda,
Eng qiyin ahvolimda yuzing o‘girib ketding.
Lekin men yaxshi-yomon kuningda,
Bo‘ldim doim oldingda, sotilib ketding.

Yaxshi yurganimda yonimda eding,

Yomon kuyganimda yiroqlab ketding.
Kutilmaganda hayotimga kelganding,
Kutmoqdaman, qaylardasan?

Yurak yig‘laydi, lek u kelmaydi,
Sochlarin tarab, men tomonga qarab.
O‘tmish qaytmaydi, yara bitmaydi,
Toki og‘riqlar o‘tmagunicha qiynab.

Yurak yig‘laydi, lek u kelmaydi,
Sochlarin tarab, men tomonga qarab.
O‘tmish qaytmaydi, yara bitmaydi,
Toki og‘riqlar o‘tmagunicha qiynab.

Ha, ishqingda yonmoqdaman bugun,
Atrofimga boqsam har taraf tutun.
Manimcha, bu seni yo‘qliging uchun,
Bu qora tun bunchalar uzun.

Kecha sani ko‘rgan edim tushimda,
Kim bilandir sirlashib turar eding bag‘rida.
Kuzatib qarab turar edim so‘ridan,
Mani tushlarim har doim kelardi o‘ngidan.

Kim bilansan bugun, bilmayman,
Kim bilandir tasavvur qilsam, uxlolmayman.
Bedor qilib ketding, o‘zingga o‘rgatib,
Kulib turgan yuragimni yig‘latib.

Sani so‘zlaring man uchun malham edi,
Yolg‘iz inson uchun — bu bayram edi.
Sani “Jondan ortiq sevaman” degan so‘zing,
Yolg‘on ekan, o‘tiribman sog‘inib yuzing.

Yaxshi yurganimda yonimda eding,
Yomon kuyganimda yiroqlab ketding.
Kutilmaganda hayotimga kelganding,
Kutmoqdaman, qaylardasan?

Yurak yig‘laydi, lek u kelmaydi,
Sochlarin tarab, men tomonga qarab.
O‘tmish qaytmaydi, yara bitmaydi,
Toki og‘riqlar o‘tmagunicha qiynab.

Yurak yig‘laydi, lek u kelmaydi,
Sochlarin tarab, men tomonga qarab.
O‘tmish qaytmaydi, yara bitmaydi,
Toki og‘riqlar o‘tmagunicha qiynab.



Новости «Ummon - Yurak Yig'laydi (Qo'shiq Matni)»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz