Суббота, 23.02.2019, 15:57
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2019 » Февраль » 2 » Toshkentda qoidabuzar haydovchilarni aniqlagan fuqarolarga faxriy yorliqlari taqdim etildi
00:46

Toshkentda qoidabuzar haydovchilarni aniqlagan fuqarolarga faxriy yorliqlari taqdim etildi


2018 yil davomida Toshkent avtomobil yo`llarida sodir etilgan yo`l-transport hodisalari soni 2017 yilga nisbatan 23,4 foizga, halok bo`lganlar soni 19,5 foizga, jarohat olganlar soni 22,3 foizga kamaygan. Bu haqda O`zA xabar berdi.

Joriy yilning o`tgan bir oyi davomida sodir etilgan yo`l–transport hodisalari soni 2018 yilning shu davriga nisbatan 30,4 foiz, halok bo`lganlar soni 64,3 foiz, jarohat olganlar soni 31,5 foizga kamaygan.

Toshkentda transport vositalarining harakatlanishi nisbatan tartibli bo`lib bormoqda. Bunda fuqarolarning bir-birlarini tartib buzishlarini nazorat qilib borishlari ham ijobiy natija bermoqda.

Toshkent shahar IIBB YHXB boshqarmasida ochilgan ijtimoiy tarmoqda o`zining ko`plab takliflari, transport vositalarini boshqarishda haydovchilar tomonidan yo`l qo`yilgan huquqbuzarliklar qayd etilgan videolavhalar orqali muntazam ravishda hamkorlik qilib kelayotgan bir guruh fuqarolar rag`batlantirilib, «Yo`l posboni» faxriy yorliqlari taqdim etildi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Admin | Теги: Toshkentda qoidabuzar haydovchilarn | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar