Понедельник, 28.05.2018, 13:10
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Май » 2 » Toshkentda 9 mayga bag`ishlangan navbatdagi aksiya o`tkaziladi
20:58
Toshkentda 9 mayga bag`ishlangan navbatdagi aksiya o`tkaziladi

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan 2 may, chorshanba kuni soat 14.00da Ikkinchi jahon urushi yillaridagi harbiy texnikalarda o`sha yillarning harbiy kiyimini kiygan harbiy orkestr ijodkorlarining Toshkent ko`chalari bo`ylab harakatlanib, belgilangan joylarda konsert dasturlarini uyushtirish aksiyasi o`tkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Aksiya va konsert dasturi quyidagi manzillarda bo`lib o`tadi:

soat 14:00da Do`mbirobod dahasidagi “Mustang” AYoQSh oldida harakat boshlanishi (mo`ljal: Janubiy vokzal tomonidan kelishda “Olmazor” metro bekatidan oldingi chorraha);

soat 14:30da Usmon Nosir ko`chasidagi Shota Rustaveli haykali oldidagi maydonchada to`xtaydi (mo`ljal “Bobur” parki ro`parasi);

soat 15:40da Temuriylar tarixi davlat muzeyi oldidagi maydonchada to`xtaydi;

soat 16:30da O`zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi binosi oldidagi maydonchada to`xtaydi;

soat 18:00da Yunusobod bozori ro`parasidagi avtobuslar bekati oldidagi maydonchada to`xtaydi.

Avtokolonna Do`mbirobod dahasidan Janubiy vokzal orqali Usmon Nosir va Amir Temur ko`chalari bo`ylab harakatlanib, Yunusobod tumanidagi “Megaplanet” gipermarketi oldidan burilib qaytadi. Marshrut uzunligi 20 km.ga yaqin.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Админ | Теги: Toshkentda 9 mayga bagishlangan nav | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar