Суббота, 23.02.2019, 15:58
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2019 » Февраль » 5 » Toshkent hokimligi: poytaxt ramzi hali tasdiqlanmadi
01:13

Toshkent hokimligi: poytaxt ramzi hali tasdiqlanmadi


Bir qator elektron ommaviy axborot vositalarida Toshkent shahrining yangi ramzi uchun tanlovning yakuniy bosqichi bo`lib o`tgani haqida xabar tarqaldi.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati esa bu xabarni rad etdi.

Toshkent shahar hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi o`rinbosari Diyor Mirzaahmedov tanlov xususida to`xtalib o`tdi.

– Toshkentning ijtimoiy hayotida birinchi marotaba poytaxtimizning yangi ramzi (gerbi) uchun ochiq tanlov o`tkazildi. Toshkent shahar hokimiyati qoshidagi Jamoatchilik kengashi tashabbusi 2018 yilning 16 iyulidan 17 sentyabrigacha e`lon qilingan mazkur tanlov shahrimiz hayotini yanada zamonaviylashtirish, odamlarga munosib turmush sharoitini yaratish ishlari bilan hamohangdir, – deydi D.Mirzaahmedov. – Tanlovda ishtirok etish uchun tasviriy san`at, dizayn, grafika, illyustrasiya, reklama va shunga o`xshash faoliyat yo`nalishlarining maxsus ta`lim yoki professional tajribaga ega mutaxassislari jalb etildi. Alohida taklifnomalar O`zbekiston Badiiy akademiyasining barcha a`zolariga va chet elda faoliyat yuritayotgan vatandoshlarimizga yuborildi.

Tanlovga kelib tushgan ijodiy ishlarni saralash va g`oliblarni aniqlash maqsadida O`zbekiston Badiiy akademiyasi a`zolari, soha mutaxassislaridan iborat komissiya tuzildi.

Shu o`rinda ta`kidlash joizki, poytaxtimizning yangi gerbi nafaqat Toshkent aholisining ona shahriga bo`lgan hurmat va ehtirom namunasi, hamjihatlik namoyishi, balki shahrimiz mehmonlari, chet ellik sayyohlar uchun ham oson taniluvchi va esda qolarli ramzi bo`lib xizmat qilishga qaratilgan.

Tanlovda 118 rassom va dizaynerlar ishtirok etdi. 310 loyiha va takliflar kelib tushdi.

Barcha yuborilgan ishlar muhokama qilingandan so`ng mutaxassislar tanlov finalchilarini aniqladi. Yakuniy beshlikning orasidan eng yaxshi loyiha tanlandi va u yanvar oyida xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashiga muhokama uchun taqdim etildi. Deputatlar muhokamadan so`ng fuqarolarning fikrini bilishni tavsiya qildi. Fuqarolarimizdan kelib tushgan barcha fikrlar Toshkent shahar hokimiyati tomonidan eng yaxshi loyihani tasdiqlash jarayonida albatta e`tiborga olinadi.

Fuqarolarni tanlangan eng yaxshi loyihalar bilan tanishtirish maqsadida Toshkent shahridagi “Kitob olami” ma`naviy-ma`rifiy savdo majmuasida finalchilarimiz ijodiy ishlari ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda.

Fuqarolarimiz fikrlari joriy yilning 15 fevraligacha qabul qilinishi va 16 fevral kuni g`oliblar taqdirlanishi rejalashtirilgan.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Admin | Теги: Toshkent hokimligi: poytaxt ramzi h | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar