Popup

Главная » Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar » Tongda yomon kayfiyatda uyg'onishning sababi nimada?

Tongda yomon kayfiyatda uyg'onishning sababi nimada?

Ko‘pchilik ertalab uyqudan yomon kayfiyatda uyg‘onishiga to‘yib uxlay olmagani sabab bo‘lishini ta’kidlaydi. Ammo Angliya olimlari buning asl sababini o‘z tadqiqotlarida aniqlashdi. Ma’lum bo‘ldiki, bizning kam uxlashimiz kayfiyatga hech bir jihatdan ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunga qaysi yonboshda uxlaganimiz sababchi bo‘ladi. Agar biz a’lo kayfiyatda uyg‘onishni istasak, albatta chap yonboshda, yana karavotning ham chap chetida uxlashimiz talab etiladi. Basharti chap yonbosh bilan yotib, oyoqlarimizni bukkan holda og‘iz qismimizga yanada yaqinlashtirsak, bu juda tez uyquga ketishimizni ta’minlaydi.

Tadqiqotlarda ishtirok etganlarning aksariyati qorinni yerga berib yotishga odatlanganini aytganda, olimlar buni zudlik bilan inkor etish zarurligini uqtirishdi. Ularning aytishicha, qorinni yerga berib yotganda bosh bir tarafga albatta majburan burib olinadi. Buning natijasida umurtqadagi arteriyalardan birini bo‘g‘ib qo‘yadi. Bu esa miyaga qon yetib borishini sekinlashtiradi. Chalqancha yotgan ko‘yi uxlash esa koni foyda ekan. Ayniqsa, ayollar chalqancha holatda uxlashsa, yuz terisi yosharish pallasiga kira boshlaydi. Yurak urishi me’yoriy holatda bo‘ladi. Mushaklar rostakamiga dam oladi.

Interfaks



Новости «Tongda yomon kayfiyatda uyg'onishning sababi nimada?»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz