Главная » Qiziqarli Munajjimlar bashorati / burjlar olami / muchallar » TO'NG'IZ MUCHALI HAQIDA / ТУНГИЗ МУЧАЛИ ХАКИДА

TO'NG'IZ MUCHALI HAQIDA / ТУНГИЗ МУЧАЛИ ХАКИДА

To'ng'iz 1923 1935 1947 1959 1971 1983 1995 2007 2019 TO`NG`IZ YILI Bu muchalda tug'ilganlarni mardonovor fe'l-atvori, odob-nazokat, xizmatga shaylik, nozik tabiatlilik xulqlari bor. Ularga hech ikkilanmay ishonish mumkin, Ular faqat to'g'ri yo'lni tanlashadi. Ular vijdonli va mard kishilardir. Boshqa kishilar bilan til topishishi qiyin. Lekin do'stlarini hurmat qiladi. To'ng'iz yilida tug'ilganlar kundalik harajatlari uchun kerakli mablag'ni topa olishadi. Ammo beg'amliklari tufayli ishlari yomon tus olishi mumkin. Ular beg'am ko'rinsalar-da, aslida irodali va o'jardirlar. O'ylagan niyatlatiga erishish uchun bor kuchini ishga solishadi. Tabiatan baquvvatlar, ularning kuchiga hech kim bas kelolmaydi. Biroq biror qarorga kelishdan oldin uning "yaxshi va yomon" tomonlarini uzoq qiyoslashadi, shunday kezlarda yon-beridagi kishilar nazarida ular nima qilishni bilmayotgandek tuyulishadi. Haqiqatda esa bunday emas, ular o'z ishini juda yaxshi bilishadi, faqat ishni murakkablashtirmaslik, gohida unga zarar yetkazmaslik uchun uzoq vaqt mulohaza yuritishadi. Ushbu yilda tug'ilgan ayollar sovg'a-salom qilishni, shod-xursandchilikni xush ko'rishadi.



Новости «TO'NG'IZ MUCHALI HAQIDA / ТУНГИЗ МУЧАЛИ ХАКИДА»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz