Понедельник, 10.12.2018, 16:32
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Апрель » 15 » Telegram zudlik bilan bloklanadi
15:47
Telegram zudlik bilan bloklanadi

Bugun Moskvaning Tagan tuman sudi “Roskomnadzor” ga apellyasiyani kutmasdanoq “Telegram”ni Rossiyada zudlik bilan bloklashga ruxsat berdi, deb xabar beradi RIA Novosti .

Sud qaroriga ko`ra "Telegram" Rossiya federal xavfsizlik xizmatiga shifrlash kalitlarini taqdim qilmagunicha bloklanadi.

Qayd etishilicha, tez tugagan sud majlisida “Roskomnadzor” va FXX vakillari maxsus xizmatlarga shifrlash kalitlarini topshirmaslik davlat va jamiyat manfatlariga tahdid solish ekanligini bildirgan.

Sudda "Telegram" yuristlari ishtirok etmagan. Bu holat Pavel Durov “Roskomnadzor”ning messenjerni bloklash bo`yicha arizasini ko`rib chiquvchi sud jarayonida kompaniya yuristlarini ishtirok etishni taqiqlagani bilan izohlangan.

Huquqni himoya qilish tashkiloti “Agora”ning vakili Dmitriy Kolbaskinning so`zlariga ko`ra, yuristlar sud qarori yuzasidan shikoyat qiladi. Shu bilan birga Telegram o`z pozisiyasini o`zgartirmaydi. Mesenjer foydalanuvchilarining shaxsiy yozishmalariga kirish ruxsatini olish borasida FXX talabi mamlakat Konstitusiyasiga ziddir. Bu talabni texnik jihatdan ham bajarib bo`lmaydi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 6 aprel kuni “Roskomnadzor” Tagan tuman sudiga "Telegram" messenjerini bloklash bo`yicha da`vo arizasi kiritgan edi.

Uz.A.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Добавил: Админ | Теги: Telegram zudlik bilan bloklanadi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar