Суббота, 23.03.2019, 22:05
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2017 » Август » 25 » TAILANDChA SALAT — UYDA BOR MAHSULOTLARDAN
21:10

TAILANDChA SALAT — UYDA BOR MAHSULOTLARDAN


Zarur masalliqlar: 200 gr. dudlangan yoki qaynatilgan go`sht, 2 donadan bodring va pomidor, 2 bosh piyoz, salat bargi, tuz, murch; marinad uchun: 15 osh qoshiq suv, 8 osh qoshiq sirka, 3 osh qoshiq shakar; qayla uchun: 5 osh qoshiq o`simlik yog`i, 3 osh qoshiq sirka, 1 osh qoshiq xantal.

Tayyorlanishi: 1. Piyozni somoncha shaklida to`g`rang. Sirka, suv va shakarni to shakar eriguncha yaxshilab aralashtiring. Piyozni aralashmaga solib, 30 daqiqaga marinadlab qo`ying.

2. Bodring va dudlangan yoki qaynatilgan go`shtni somoncha, pomidorni maydalab, to`rtburchak shaklda to`g`rang.

3. O`simlik yog`i, sirka va xantalni aralashtiring.

4. Salat bargini qo`lingiz bilan bo`lib, chuqurroq idishga soling. Piyozning suvini silqitib, sabzavotlar va go`sht bilan birga soling. Tuz, murch seping. Qaylani quyib, yaxshilab aralashtiring.

2 kishilik

45 daqiqa.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli / salat tayyorlash sirlari | Добавил: Admin | Теги: TAILANDChA SALAT — UYDA BOR MAHSULO | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar