Popup

Главная » Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar » Tadqiqotchilar qurbaqalar dinozavrlar halokati tufayli ko‘payganini aniqladi

Tadqiqotchilar qurbaqalar dinozavrlar halokati tufayli ko‘payganini aniqladi

Zamonaviy qurbaqalarning 88 foiz turlari Yerdagi hayotni deyarli butunlay yo‘q qilib yuborgan asteroid qulashidan so‘ng paydo bo‘lgan. Bu haqda Proceedings of the National Academy of Sciences jurnalida chop etilgan maqolaga tayangan “Gazeta.ru” yozmoqda.

Bugun qurbaqalarning 6700 turi ma’lum, ammo genetik ma’lumotlar yetishmovchiligi shu paytgacha ularning evolyutsion tarixini o‘rganish imkonini bermayotgan edi. Endi olimlar 145 turning 95 gen to‘plamini o‘rganib chiqib, ularning genetik xilma-xilligi 66 million yil muqaddam keskin oshib ketganini aniqladi.

O‘shanda asteriod qulab, Yerdagi hayotning 3/4 qismini yo‘q qilgan edi. Jumladan, o‘shanda dinozavrlar ham yo‘q bo‘lib ketgan edi.

O‘rganilgan qurbaqalarning bari uch turning — Hyloidea, Microhylidae va Natatanura’ning avlodlari bo‘lib chiqdi. Aynan shu turlar ommaviy qirilishdan omon qolgan edi.

Aniqlanishicha, ko‘payib borgan qurbaqalar bo‘shagan ekologik tokchalarni, jumladan, o‘rmonlarni shiddat bilan egallab borgan.
Manba: Daryo.uz



Новости «Tadqiqotchilar qurbaqalar dinozavrlar halokati tufayli ko‘payganini aniqladi»


Всего комментариев: 0
avatar