Главная » Qiziqarli Munajjimlar bashorati / burjlar olami / muchallar » SICHQON MUCHALI HAQIDA / СИЧКОН МУЧАЛИ ХАКИДА

SICHQON MUCHALI HAQIDA / СИЧКОН МУЧАЛИ ХАКИДА

Sichqon 1912 1924 1936 1948 1960 1972 1984 1996 2008 SICHQON YILI. Ushbu muchalda tug'ilganlar tashqi qiyofasidan yoqimli, jozibador, sobitqadam, mehnatsevardirlar. Bir qarashda xotirjam va bosiq ko'rinsalar-da, unga ishonmaslik kerak. Chunki ular asabiyligi-u tajovuzkorliklarini yashirib turishadi. Bu yilda tug'ilanlar tejamkor, boylik yig'ishga ixlosmanddir. O'zlari yoqtirgan odamlargagina qo'llari ochiq. Chaqma-chaqarlikni xush ko'rishadi, fisqu-fujurdan hazar qilishmaydi, shu bois haqiqiy do'stlaridan ko'ra tanish-bilishlari ko'p. Hech qachon hech kimga ishonishmaydi, g'am-tashvishlarini tanholikda o'zlari tortadilar. Ular kelajaklaridan tashvishlanib, keksayganda birovga qaram bo'lmaslik uchun, tejab-tergashni hamisha orzu qilishadi. Jismoniy ishlardan ko'ra aqliy mehnat bilan bog'liq ishlarni bajonudil bajarishadi. Baxtga qarshi yiqqan pullarini orqa- oldiga qaramay shu zaxotiyoq sarf qilishadi. Ular keksayganda tinch hayot kechirishadi.



Новости «SICHQON MUCHALI HAQIDA / СИЧКОН МУЧАЛИ ХАКИДА»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz