Главная » Скачать музыку


Mutaxassislarning ta`kidlashicha, sog`lom ovqatlanish, jismoniy harakat hamda yuqori kayfiyat salomatlik garovi. Birgina dudlangan va qovurilgan taomlardan voz kechish sog`lom ovqatlanish sari tashlangan qadamdir.

Dimlangan va bug`da pishirilgan taomlarning hazmi engil bo`lib, foydali jihati – vitaminlari saqlangan bo`ladi.

Muntazam qovurilgan ovqatlar, yog`li taomlar, qandolat mahsulotlari, pechene va oq non, kolbasa hamda dudlangan go`sht mahsulotlari iste`moli natijasida bir nechta kasalliklar paydo bo`ladi.

Tibbiyot xodimlari hatto 50 gramm dudlangan kolbasadagi zaharli moddalar bir quti tamakidagi shunday moddalar miqdoriga tengligini aytishmoqda.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


Qondagi xolesterinning oshib ketish muammosi bugungi kunda ko‘pchilikni tashvishga solmoqda. Chunki yurak-tomir kasalliklari va uning oqibatida yuz beradigan insult va infarkt holatlari bu modda bilan uzviy bog‘langan. Maqolamizdan qondagi xolesterin miqdorini qanday qilib dori-darmonlarsiz kamaytirish yo‘llarini bilib olasiz.

To‘g‘ri ovqatlanish

Qondagi bu modda miqdorini kamaytirish uchun yog‘li va kaloriyasi yuqori bo‘lgan ovqatlardan voz kechish zarur bo‘ladi.

Lekin shunisi ham borki, hammasi emas, balki to‘yingan yog‘lar zarar keltiradi. Ularga go‘sht mahsulotlari, sut, pishloq, qaymoq, shuningdek sariyog‘lar kiradi. Yaxshisi ularni o‘simliklar, baliq va dengiz mahsulotlaridan olinadigan yarim to‘yingan yog‘lar bilan almashtirish kerak.

Tarkibida kletchatkalar ko‘p bo‘lgan donli va dukkakli oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish juda foydali. Mahsulotlarni yaxshisi qaynatish yoki dimlash yo‘li bilan tayyorlagan ma’qul.
< ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 28.03.2018 | Комментарии (0)


Yo`tal – organizmning o`ziga xos himoyasi. Shu yo`l bilan u nafas olishni yaxshilaydi. O`tkir shamollashda yo`tal quruq bo`lishi mumkin. Keksalarda ko`pincha yo`talning ana shunday turi kuzatiladi. Bezovtalik davom etishiga qarab farqlanishi mumkin. Misol uchun, o`tkir yo`tal besh kun kuzatlib, so`ng o`tib ketadi. Uzoq davom etadigan yoki surunkali (mavsumda) qiynaydigan turlari esa bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoldan holi emas. Shamollash va yuqumli kasalliklarga aloqasi bo`lmagan allergik yo`tal ham odamni ancha iztirobga qo`yishi mumkin. O`qtin-o`qtin qiynaydigan tungi yo`tal esa bir qator kasalliklar haqida darak beradi.Nam yo`talni davolashda yallig`lanishga qarshi dori-darmonlardan foydalansak, quruq yo`talda tarkibida tinchlantiruvchi vositalar bo`lgan dorilar talab qilinadi. Ya`ni, har bir yo`talning o`ziga xos davosi bor. Bu haqda shifokor-terapevt Shahnoza SAIDOVA yanada batafsil ma`lumot beradi.

BEZOVTALIK QANDAY BOShLANADI?

Yo`tal ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 16.03.2018 | Комментарии (0)


— Negadir, yuzimning rangi bo`g`iq. Menga kosmetolog yordam bera oladimi yoki bu boshqa kasalliklar bilan bog`liqmi?

— Yuz terisining rangi nosog`lom, degan tushuncha bor. Yuzning bo`g`iq rangda ekani ichak xastaliklari, buyrak kasalliklari va siydik yo`llari infeksiyalaridan darak berishi mumkin. Davolovchi shifokorga murojaat qilish va zarur tahlillarni topshirish kerak.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 19.02.2018 | Комментарии (0)


Qonda gemoglabin miqdorining pastlab ketishi organizmda jiddiy o`zgarishlarga sabab bo`lishi mumkin. Tez-tez shamollash (imunitet sustligi bilan birga) toliqish, bosh og`riqlari, xotira sustlashishi, aqliy faoliyat bilan bog`liq o`zgarishlar shular jumlasidandir. Alohida ko`rinishda kamqonlikning o`zi ham bir qancha asoratlardan xoli emas. Bu kabi muammolarning oldini olish uchun esa gemoglabin miqdorini oshiruvchi ba`zi tavsiyalar bilan tanishtiramiz.

Qizil lavlagi + asal

Qon tarkibini yaxshilashda yarim stakan lavlagi sharbatiga 1 choy qoshiq asalni aralashtirib, bir kunda 3 mahul ovqatdan bir soat oldin ichish lozim.

Sabzi + o`simlik yog`i

Har kuni ertalab och qoringa 100 gr. qirg`ichdan chiqarilgan sabzini 1 choy qoshiq o`simlik yog`i yoki qattiqqa aralashtirib iste`mol qilinadi. Muolajani 7 kun davomida bajarish mumkin. Kamqonlik bilan birga sabzi aralashmasi qabziyatga ham davo bo`ladi.

Momaqaymoq + suv

... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 12.02.2018 | Комментарии (0)


Agar bilsangiz, har birimizning qo`l kaftimiz, xususan, barmoqlarda biologik faol nuqtalar bor. Ular organizmdagi bezovtaliklarni bartaraf etish hamda kayfiyatni ko`tarishga xizmat qiladi.

Boshbarmoq: yo`talni davolaydi!

Besh daqiqa davomida boshbarmoq «yostiqcha»sini uqalash nafas yo`llari (ayniqsa, astma xuruji oldi) kasalliklari, bodomcha bezi yallig`lanishi, iztirobli yo`talda tavsiya etiladi. Quruq va yutinganda og`riq beruvchi yo`talni engillashtirishda boshbarmoqni pastdan yuqoriga qarata silash lozim. Asabiylik, stress, kuchli charchoq ta`sirida kelib chiqqan bosh og`rig`ining chorasi ham aynan boshbarmoqni uqalash hisoblanadi. Bunda barmoq «yostiqcha»si 2–3 daqiqa mobaynida siqib turiladi va asta bo`shatiladi.

Ko`rsatkich barmoq: umurtqa og`riqlari bezovta qilsa...

Mushaklarda spazm paydo bo`lsa, ko`rsatkich barmoqni ikkinchi qo`l kafti bilan siqib turing. Muolaja 5 daqiqaga mo`ljallangan. Umurtqa og`riqlari, belning qotib qo ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 07.02.2018 | Комментарии (0)


AQShning Illinoys shtatidagi Shimoli-G`arbiy universiteti dermatologlari qimmat kosmetika vositalari va plastik jarrohlik usulisiz yuzni yoshartirish yo`lini topdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti. Tadqiqot ishlari "JAMA Dermatology" jurnalida chop etilgan.

Universitet olimlari yuz uchun 20 haftaga mo`ljallangan maxsus mimika mashqlar dasturini ishlab chiqishdi. Dasturda 40 yoshdan 65 yoshgacha bo`lgan 16 nafar ayol qatnashib, yigirma hafta davomida kuniga yarim soatdan o`ttizdan ziyod mimika mashqlarini bajarib borishdi. Dastur nihoyasida ishtirokchilarning tajribadan oldin va keyin tushgan fotosuratlari taqqoslandi. Xulosaga ko`ra ayollarning yuzi kamida 10-15 yilga yoshargan.

Shunday bo`lsa-da tadqiqotchilar yanada aniqroq xulosa olish uchun tajribani endi ko`p sonli ayollarda o`tkazish lozimligini ta`kidlamoqda.

– Galdagi tajriba ham o`zini oqlasa, biz yuzni yoshartirishning eng arzon va xavfsiz usulini topgan bo`lamiz, – deydi, tadqiqot mualli ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 06.02.2018 | Комментарии (0)


Ovqatlardan zaharlanish — keng tarqalgan, lekin, shunga qaramasdan, yoqimsiz, ba’zan esa juda xavfli muammo hisoblanadi. Zarar keltiruvchi mikroblar bilan zaharlangan odamlarda hech qanday alomatlar yuzaga chiqmasligi yoki alomatlar qorindagi yengil noqulaylikdan boshlanib qattiq suvsizlanish va qon ketish holatlariga aylanishi mumkin. Qanday qilib bu falokatlarning oldini olish mumkin?

Listeriya

Xom sabzavotlar va mevalar

Listeriya bakteriyalari yangi sabzavot va mevalarni buzishi mumkin. Masalan, buzilgan qovun ta’sirida zaharlanishdan 2 kun yoki 2 oydan keyin harorat ko‘tarilishi, mushaklarning og‘rishi, me’daning buzilishi va diareya holatlari bilan yuzaga chiqadi.

Qanday himoyalanish kerak: Kesishdan oldin yangi sabzavot va mevalarni yaxshilab yuving, keyin esa quriting. Ularni sovitgichda +5 ° S va pastroq haroratda saqlang. Qovun tekkan hamma joylarni yuving!

Pasterizatsiya qilinmagan sut mahsulotlari

... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 04.02.2018 | Комментарии (0)


“Hamma narsa me’yorida bo‘lishi kerak” degan oltin qoida super foydali oziq-ovqatlarga ham tegishli. Qaysi foydali oziq-ovqatlarning me’yordan oshiqchasi sizga xavf tug‘dirishi mumkin?

1. Braziliya yong‘oqlari

Bu g‘oyat katta yong‘oqlar — fertillikda va organizmning infeksiyalarga qarshi kurashish qobiliyatida muhim rol o‘ynovchi mikroelementlar va selenning miqdori bo‘yicha chempion hisoblanadi.

Braziliya yong‘oqlarini vaqti-vaqti bilan iste’mol qilish sizga foyda keltiradi, lekin ular har kuni yeyilsa, unda selendan zaharlanish yuz berishi mumkin. Zaharlanish sochlar to‘kilishi, nevrologik va me’da-ichak buzilishlari, bosh aylanishi, hatto infarkt va buyraklar yetishmovchiligini keltirib chiqarishi mumkin. “Bir haftada bir-ikki marta 1-2 dona braziliya yong‘oqlarini iste’mol qilish bilan cheklaning”, tavsiya qiladi parhezshunos Jessika Kording.

2. Ismaloq va lavlagi

Tabiiyki, bu sabzavotlarning har biri — foydali moddal ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 04.02.2018 | Комментарии (0)


Agar siz tep-tekis va tarang qoringa ega bo‘lishni orzu qilsangiz, muntazam ravishda sport zaliga qatnashning o‘zi yetarli emas ekan. Buning ustiga, ba’zi xatolar va noto‘g‘ri usullar sizning urinishlaringizni yo‘qqa chiqaradi. Ulardan qanday qutulish va to‘g‘rilash mumkin?

Siz oqsillar bilan “quvvatlanmaysiz”

Mashqlar tamom bo‘lgandan keyingi birinchi 30 daqiqa ayniqsa juda muhim, chunki aynan shu davrda mushaklar birinchi navbatda aminokislotalarga moyil bo‘ladi.

Siz har doim mashg‘ulotni kardio-mashqlardan boshlaysiz

Mashg‘ulotlar chog‘ida yog‘larni ketkazish uchun sizdan oddiygina kaloriya sarflashdan ko‘ra kattarog‘i talab qilinadi. Shuning uchun mashg‘ulotlarni og‘irlik ko‘tarishdan boshlang. Energiya miqdori hali yuqori bo‘lgan paytda, siz kattaroq og‘irlikni ko‘tara olasiz va shu orqali mushaklarni o‘stirish mashqlarini samaraliroq qilishingiz mumkin. Natijada yog‘lar qatlamini tezroq yo‘qotishga erishasiz.

Siz o‘ ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 04.02.2018 | Комментарии (0)


— Yaqin paytlardan beri bukchayib yurayotganimni sezayapman. Onam ham bir elkam ikkinchisidan balandroq deyapti. Ayting, nima qilay?

S.O

Savolga shifokor-vertebrolog Sohib SAIDOV javob beradi:

— Umurtqadagi qiyshayish holati aksariyat o`smir qizlarda uchraydi. Sizdagi muammo qay darajadagiligini aniqlash uchun tibbiy ko`rikka kelishingizni maslahat beraman. Birinchi galda rentgen tekshiruvi o`tkazilib, umurtqa pog`onasidagi qiyishayish darajasi o`lchanadi. Agar bu holat 11-15 darajadan oshmasa, davo choralari orqali hal qilsa bo`ladi. Bunda mushaklar spazmi (taranglashishi)ga qarshi umurtqa pog`onasini cho`zish muolajasi, turnikda osilish, maxsus korset taqish, haftasiga uch marta 1-1,5 soatdan suzishga qatnash hamda fiziodavolash muolajalari buyuriladi. Barcha muolajalar shifokor nazorati va maslahatiga asosan olib borilishi shart.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 25.08.2017 | Комментарии (0)


Ko`pchiligimiz tabletkalarni duch kelgan suyuqlik bilan ichishga odatlanganmiz. Ayrimlar choy, sharbat, kompot, qahva kabi suyuqliklar yordamida dori ichishga ko`nikib qolgan. Afsuski, barchamiz ham bu yo`sinning tahdidini anglayvermaymiz. Chunki bu suyuqliklar tarkibidagi kimyoviy moddalar dorilar tarkibidagi moddalar bilan o`zaro reaksiyaga kirishishi va kutilmagan noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu holatlarning natijasi o`laroq, dorivorlar o`z shifobaxshlik xususiyatini yo`qotish bilan cheklanib qolmay, hatto tana uchun zaharli manbaga aylanishi ham ehtimoldan holi emas.

Xo`sh, qaysi dorivorlar qanday suyuqliklar bilan “kelishmaydi” yoxud aksincha “do`st tutinadi?".

SUT BILAN "KELIShMAYDIGAN" DORILAR

Sut bilan yaraga qarshi dorivorlarni (ranitidin, simetidin va h.k.), temirli preparatlarni, ayrim fermentlarni hamda antibiotiklarni va yurak-qon tomir tizimida ishlatiladigan dorivorlarni qabul qilish yaramaydi. Sut yoki sutli ovqat ist ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 14.08.2017 | Комментарии (0)


Qanday qilib uyquni yaxshilash orqali sog‘likni asrash to‘g‘risida bir necha oddiy maslahatlar bilan tanishing.

Tartib o‘rnatishni boshlang: odatlangan vaqtingizdan 10—15 daqiqa oldin uxlashga yoting. Qoida bo‘yicha o‘rinda 7—8 soat vaqtingizni o‘tkazishingiz kerak. Siz quvvatning va tetiklikning oshib ketayotganini, unumdorlik o‘sib borayotganini his qilasiz. Siz tamaddilarni kamroq yeya boshlaysiz.

Kechki ovqatni iloji boricha uxlashdan 2 soat oldin yeyishga harakat qiling. Chunki, ko‘pincha kechroq qilinadigan tamaddilarni nazorat qila olmay qolasiz va bu ortiqcha vazn yig‘ilishiga sabab bo‘ladi.

O‘ziga xos uxlash marosimini o‘ylab toping. Masalan, vanna qabul qiling, musiqa tinglang, giyohlardan damlangan choy iching yoki 10 daqiqa davomida meditatsiya bilan shug‘ullaning. Shu tariqa siz o‘zingizni uyquga yaxshiroq tayyorlay olasiz, tezroq va qattiqroq uxlaysiz.

Gadjetlarning hammasini yig‘ishtirib qo‘ying. Barcha smartfonlar va p ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 13.08.2017 | Комментарии (0)


Ginekolog tanishlarimdan birining hikoyasi anchadan buyon o`ylab yurganim — ushbu mavzuga qo`l urishimga turtki bo`ldi. Bir kuni uning qabuliga chamasi 45 yoshlardagi bir ayol alam bilan kirib kelibdi. Menopauza (klimaks)ni boshdan kechirayotgan bu ayol ginekologga «Nima uchun shu yoshgacha erim ikkimizni davolagan shifokorlarning hammasi «sizlarning farzand ko`rishingizga mone`lik qiladigan birorta sabab yo`q», desa ham men tug`madim?» deb savol beribdi. Ehtimol er-xotinning biologik mo syoki mosmasligi tekshirib ko`rilganda bu savolga hojat qolmasmidi?..

Bepushtlik sabablarini aniqlashda eng dastlabki, boz ustiga, qilinishi shart bo`lgan qadamlardan biri — er-xotinning biologik mos yoki mosmasligini tekshiruvchi testlar, afsuski, amaliyotda kam qo`llaniladi. Vaholanki, o`tkazilishi ham oson, bahosi ham qimmat bo`lmagan ushbu tekshiruv bepushtlik deya nomlangan «dushman qal`a»sini ishg`ol etib, sizning ham xonadoningizga, turmushingizga farzanddek yorug`lik baxsh etuvchi ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 10.08.2017 | Комментарии (0)


Bemor odam dardiga davo istab, tibbiyotning turli usullarini qo`llab, muolaja olishga urinadi. Samarador sanalgan terapiyalar orasi igna bilan davolash ham bor. Xo`sh, eng qadimgi davolash usullaridan biri sanalgan ignaterapiya qanday kasalliklarda shifo bo`ladi? Uni har qanday xastalikdan forih bo`lish uchun qo`llash to`g`rimi?

Igna bilan davolash — akupunktura usuli organizmning yumshoq to`qimalariga maxsus ignalar sanchib davolashdir. Ushbu muolaja Xitoy, Koreya, Yaponiya xalq tibbiyotida qadimdan keng qo`llaniladi. Bunda gavdaning muayyan (700 ga yaqin) nuqtalariga kiritilgan ignalar nerv tolalarini ta`sirlantiradi. Ta`sirlanish bosh yoki orqa miyaga, u erdan turli a`zolarga o`tadi. Periferik asab tizimi xastaliklari, uyqu buzilishi, moddalar almashinuvining buzilishi, shikastlanish va boshqalar natijasida paydo bo`ladigan bo`g`im va mushak kasalliklarida qo`llaniladi. Zarurat tug`ilganida igna sanchib davolash bilan birga dori-darmonlar ham buyuriladi. Igna bilan davo ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 10.08.2017 | Комментарии (0)


Ko`pchilik tish yuvayotgan paytda milklarining qonashiga uncha ahamiyat bermaydi. Vaholanki, aynan shu holatdan keyin og`zidan hid kelishidan tortib tish bo`shab qolishi va tushishigacha bo`lgan asoratlar yuz beradi. Bugungi mavzumiz aynan shu muammoga tegishli.

Milk qonashi va bo`shab qolishining sabablari hamda davolash haqida shifokor-stomatolog Shuhrat ERNAZAROV ma`lumot beradi.

SABABLARI AYoNMI?

Milk qonashining sabablari bisyor. Eng ko`p tarqalgani – tish cho`tkasining ta`sirida kelib chiqishidir. Usti chiroyli ammo tuklari qo`pol chyotkada milklar, albatta, aziyat ko`radi. Bu davomiy bo`lsa, milk qonashi va bo`shab qolishi kabi asoratlarni kutavering. Tish cho`tkasini tanlashda stomatolog maslahatiga tayanish kerak. Cho`tkaning tuklari yumshoq, o`zi uncha yirik va katta bo`lmasligi maqsadga muvofiq. Tish ustida tosh paydo bo`ldimi, milkda muammo yuzaga kelishini ham inobatga olish kerak. Bundan tashqari, gormonal buzilishlar – o`smirlar, ho ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 02.08.2017 | Комментарии (0)


Boshning ertalabdan og‘rishi butun kuningizning noxush o‘tishiga sabab bo‘ladi. Bosh og‘rig‘ining sabablari har xil bo‘lishi mumkin — bir kun oldin ichilgan spirtli ichimlikdan tortib jiddiy kasalliklargacha, — shuning uchun bu holatni e’tiborsiz qoldirmaslik lozim.

Siz kam uxlaysiz

Organizm to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishi uchun 7—8 soat uyqu talab qilinadi. Agar kam uxlasangiz — organizm nimadir sodir bo‘ldi deb hisoblaydi va yopirilib ishlash tartibiga o‘tadi.

Uyquning me’yoriy holatiga qaytishi ertasi kuni ertalab sizni bosh og‘rig‘idan xalos qiladi.

Siz haddan tashqari ko‘p uxlaysiz

“Tungi uyquning 9 soatdan oshishi serotonin miqdorining pasayishiga olib keladi, — deb tushuntiradi doktor Napoli. — Serotoninning past miqdori miyaga qon oqishini pasaytiradi va bosh og‘rig‘ini keltirib chiqaradi”.

Sizga endorfinlar pand beradi

Organizm ertalab endorfinlar — baxt gormonlarini kam ishlab chiqaradi. B ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 30.07.2017 | Комментарии (0)


Фавқулодда юз бериши мумкин бўлган ҳолатлардан ҳеч ким ҳимояланмаган. Айнан шундай вазиятларда биринчи ёрдамни тўғри кўрсатиш муҳимдир. Лекин баъзан ёрдам бераман деб, зарар қилиб қўйган пайтларимиз ҳам бўлиб туради.

Бундай бўлмаслиги учун эса тиббий ёрдамдаги хатоликларимизни билишимиз даркор. Оилавий шифокор Юлдуз КАРИМЖОНОВА кўмагида биринчи ёрдам кўрсатишни ўрганамиз.

КУЙГАН ЖОЙГА ЁҒ СУРТМАНГ!

Тери куйганда дарров ғоз мойини қидиришга тушсангиз, хато қиласиз. Мойни куйган жойга суртишингиз заҳоти у ерда парда ҳосил бўлиб, ҳаво кирмайди, оқибатда яра битиши қийин бўлиб, анча вақтгача оғритади ҳам.

НИМА ҚИЛИШ КЕРАК: Энг яхшиси, куйган жойни совутиш керак. Агар кичик жой куйган бўлса, совуқ сувга тутинг. Халқона чоралардан энг самаралиси – хўжалик совунидан суртиш. Совун бу ишқор, куйиш эса кимёвий таъсир. Ишқор доим кислотали таъсирни босади, қарабсизки, куйган жойда пуфак ҳам ҳосил бўлмайди, ачишмайди ҳам. Бу айтганларимиз кунда юз ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 26.07.2017 | Комментарии (0)


Yoshim 38 da. Yuzimda katta – kichik jigarrang dog`lar paydo bo`layapti. U qadar ko`zga tashlanmasada, pardoz qilayotganimda seziladi. Dog`lar o`ng qo`l kaftimda ham bor. Dugonalarimdan biri bu jigar faoliyati bilan bog`liq o`zgarish dedi, ayting-chi shu rostmi?

Hilola Sattarova, Navoiy viloyati

Savolga oliy toifali shifokor – terapevt Nodira HAMROEVA javob beradi:
Noto`g`ri ovqatlanish, nosog`lom turmush tarzi, dori preparatlarini ko`p miqdorda va pala – partish qabul qilish, zararli odatlar va ekologiya ta`siri jigarni xastalantiradi. Organizmning filtri hisoblangan a`zodagi o`zgarishlar esa dastlab tashqi taraflama ayonlik beradi, ammo ko`pchilik buni payqamaydi. Jigar faoliyatidagi buzilishlarga ishora qiladi:
Peshonadagi chuqur joylashgan ajinlar, ular qanchalik keng va yaqqol ko`zga tashlanadigan darajada bo`lsa jigar disfunksiyasiga ishora deb biling;
Jigarda bir qancha biokimyoviy jarayonlar sodir bo`ladi. Xususan, teri rangi uchun ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 22.07.2017 | Комментарии (0)


Xipchabel xonimga aylanish sirlari bilan tanishtirishdan avval, kelishib olaylik, «Ertadan ozaman!» degan cho`pchagingizdan voz kechasiz! «Bir-ikki kun dam olib olay», «Mazam qochib qoldi, menga og`irlik qilarkan» degan bahonalarni ham unutasiz. Jozibali ayolga aylanishni istaysizmi? Unda shartlarimizga ko`ning-da, qomatingizni tartibga keltiring.

Turmush o`rtog`ingizning mulozamatidan eri-i-ib ketganingizda, bizni eslarsiz-a...

«Press»dan naf yo`qligi rostmi?

Astoydil harakat qilinsa, tana qismlarining barchasini korreksiyalash mumkin, ammo qorin mushaklari uncha-munchaga taslim bo`ladigan emas. Xo`sh, qaysargina mushaklarni qanday qilib yo`lga solamiz? Birinchi talab, ma`lum va mashhur «press» mashqiga chalg`ilmang. Negaki? ushbu usul qorinning yuqori mushaklarini chiniqtirib, tashqariga bo`rtib chiqishiga sabab bo`ladi. Qolaversa, birgina «press» bilan hech qanday natijaga erishmaysiz.

Qorinni ketkazish uchun «press» mashqi quyidag ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli Salomatlik sirlari / Tibbiyot yangiliklari |  Добавил: Admin | Дата: 22.07.2017 | Комментарии (0)

1 2 3 4 »