Четверг, 15.11.2018, 00:47
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Май » 12 » Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi
16:03
Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi

Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o`tkazish to`g`risidagi Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar berdi Adliya vazirligining matbuot xizmati.

Qaror bilan 2018 yil muborak Ramazon oyining boshlanishi 17 may kuniga to`g`ri kelishi haqidagi O`zbekiston musulmonlari idorasining axborotiga muvofiq:

- mutasaddi tashkilotlarga jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Ramazon oyini azaliy an`ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o`tkazish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirish;

- muqaddas oyda yordamga muhtoj va ehtiyojmand kishilarni har tomonlama qo`llab-quvvatlash, oilalar va mahallalarda mehr-oqibat va o`zaro hurmat muhitini mustahkamlash, buyuk allomalar, aziz-avliyolarimizning ziyoratgohlarini, qabristonlarni obodonlashtirishga qaratilgan tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida ahamiyat berish topshirildi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Админ | Теги: Ramazon oyini munosib tarzda otkazi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar