Суббота, 23.03.2019, 21:51
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2017 » Март » 8 » Qizil loviyadan salat qilishni o'rganamiz
13:33

Qizil loviyadan salat qilishni o'rganamiz



Hatto, tushlikning o`rnini bosadi!

Zarur masalliqlar: 200 gr. qaynatilgan tovuq go`shti, yarim stakan qaynatilgan qizil loviya, 4 ta tuzlangan bodring, 3 dona qaynatilgan tuxum, 2 ta qizil bulg`or qalampiri, 1 bosh qizil piyoz, bitta sabzi, ko`kpiyoz, petrushka, tuz.

Tayyorlanishi: 1. Qaynatilgan tovuq go`shtini to`rtburchak shaklda maydalab to`g`rang.

2. Qizil bulg`or qalampiri, piyoz, tuzlangan bodring va qaynatilgan tuxumni ham to`rtburchak shaklda maydalab to`g`raysiz.

3. Sabzini qirg`ichdan o`tkazib, qizdirilgan o`simlik yog`ida qovurib oling.

4. Barcha to`g`ralgan masalliqlarni aralashtirib, qaynatilgan yoki konservalangan qizil loviya va sabzini qo`shing.

5. Ko`katlarni maydalab, salatga soling-da, tuz va mayonez qo`shing. Aralashtirsangiz, salat tayyor.

25 daqiqa

6 kishilik






 

Категория: Qiziqarli / salat tayyorlash sirlari | Добавил: Admin | Теги: Qizil loviyadan salat qilishni o'rg | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar