Суббота, 19.01.2019, 19:58
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2017 » Февраль » 26 » Qayiqcha salatini tayyorlashni o'rganamiz
21:12
Qayiqcha salatini tayyorlashni o'rganamiz

Zarur masalliqlar: 100 grammdan tayyor qovurilgan kartoshka (aylana shaklda bo`lishi kerak), pishloq, konservalangan makkajo`xori va krab tayyoqchasi, shivit, mayonez.

Tayyorlanishi: 1. Pishloqni mayda tishli qirg`ichdan o`tkazing. Shivit va krab tayyoqchasini maydalab to`g`rang.

2. Konservalangan makkajo`xorini suvidan ajratib, krab tayoqchasi, pishloq va shivit bilan aralashtiring. Mayonez qo`shgach, biroz muddatga muzlatkichga qo`ying.

3. Krab tayoqchali aralashmani qovurilgan kartoshka donalari ichiga solib, dasturxonga torting.

10 daqiqa

4 kishilik
Категория: Qiziqarli / salat tayyorlash sirlari | Добавил: Admin | Теги: Qayiqcha salatini tayyorlashni o'rg | Рейтинг: 2.0/1
Всего комментариев: 0
avatar