Понедельник, 23.04.2018, 10:46
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Апрель » 15 » Qashshoqlikka olib keluvchi 6 odat
15:49
Qashshoqlikka olib keluvchi 6 odat

Yaqinda Pensilvaniya Universiteti professori, kognitiv neyrofiziologiya bo‘yicha mutaxassis Marta Farax ko‘p yillik tadqiqotlar xulosalarini keng jamoatchilikka taqdim qildi. Faraxning fikricha, qashshoqlikda o‘sgan bolaning ongi kelajakda uning boy bo‘lishiga imkon bermaydi.

Ya’ni bolaning aqliy qobiliyatlari nafaqat genetikaga, balki u o‘sib katta bo‘lgan shart-sharoitlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Bundan tashqari olimlar bolalikdan qashshoqlikka dasturlashtirilgan odamlarga xos bir necha belgilarni aniqladi. Ularni o‘rganib chiqamiz.

O‘ziga nisbatan achinish hissi
Qashshoqlikka mahkum odamlarning eng birinchi va eng oshkora xislati har doim o‘ziga achinish odati hisoblanadi.

Bunday odamlar e’tiborini doimo mutlaqo ahamiyatsiz, muhim bo‘lmagan, ularsiz ham bemalol yashash, boy bo‘lish va baxtli bo‘lish mumkin bo‘lgan asoslarga qaratadi. Eng achinarlisi shundaki, bu o‘kinish bilan ular o‘zining bo‘yniga baxtli va faravon hayot kechirishga xalal beruvchi, ularni pastga tortuvchi yuk ortib oladi.

Qurumsoqlik
Ko‘pchilik har bir tiyinni tejaydigan, qurumsoq odamlar boy bo‘ladi deb hisoblaydi. Aslida hayotiy tajribalar shaxsiy firmasi xodimlariga nisbatan xasislik qilish, moliyaviy foyda uchun biznes hamkorlarini aldash istagi – bu hech qachon boy bo‘lmaydigan odamga qo‘yilgan “tamg‘a” ekanligini ko‘rsatadi.

3. Yomon ko‘rgan ishi bilan shug‘ullanish

Hech qachon boy bo‘lmaydigan odamlar oilasini boqish, o‘qish xarajatlarini yoki o‘tgan yilgi kreditni to‘lash uchun yillar davomida har kuni o‘zi yoqtirmaydigan ishga borib keladi.

Bunday ilojsizlikdan qutulishning birdan-bir yo‘li bu ishni tashlashga dadil qaror qilish va o‘ziga yoqadigan ish bilan shug‘ullanishni boshlashdir. Faqat shundagina siz o‘zingizdagi kuch-qudratni yuzaga chiqara olasiz va muvaffaqiyatga erishasiz.

Muvaffaqiyatni pul bilan o‘lchash
Hamma narsani pul bilan o‘lchash – hech qachon haqiqiy boy bo‘lmaydigan odamlarga xos fazilat hisoblanadi. Bunday odamlar yetarlicha mablag‘i bo‘lsagina o‘zlarini baxtli va erkin his qiladi.

Mablag‘i tugashi bilan ularning hayoti o‘z ma’nosini yo‘qotadi va o‘zi chorasiz odamga aylanadi. Ular o‘z baxtini pul bilan emas, balki boshqa toifalar – munosabatlar, do‘stlik, sevgi va sadoqat bilan o‘lchaydigan odamlar chinakam boy bo‘lishini hech qachon tushunmaydi.

Imkoniyatiga qaramasdan ko‘p pul sarf qilish
Kredit hisobiga yashaydigan odamlar haqida alohida eslatib o‘tish joiz. O‘z daromadini hisobga olmasdan bo‘lar-bo‘lmasga kredit olish boy bo‘la olmaydigan odamlarga xos odat.

Bir lahzalik foydani ko‘zlash
Birdaniga va hammasiga ega bo‘lish istagi – abadiy qashshoq odamlarga xos xususiyat. Bunday odamlar o‘z kuchiga to‘g‘ri baho bera olmaydi, lekin bir lahzada yuqori lavozim, izzat-e’tibor va millionlab pulga ega bo‘lishni xohlaydi. Odatda bunday odamlarning yuqori lavozimlarga erishish uchun qobiliyati yetarli bo‘lmaydi.
Manba: Daryo.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Добавил: Админ | Теги: Qashshoqlikka olib keluvchi 6 odat | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar