Суббота, 23.02.2019, 16:26
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2019 » Февраль » 5 » Qashqadaryodagi AYoQShda "Gazel" avtomashinasi yonib ketdi
01:12

Qashqadaryodagi AYoQShda "Gazel" avtomashinasi yonib ketdi


5 fevral kuni Qashqadaryo viloyati, Chiroqchi tumani, “Xumo” MFY, Rayonobod qishlog`ida joylashgan “Shoim ota” MChJga qarashli AYoQSh hududida bo`lgan “Gazel” rusumli yuk avtomobili yonib zararlangan.

Yong`inni bartaraf etishga 3 ta yong`in o`chirish ekipaji jalb etilgan.

Ko`rilgan tezkor harakatlar natijasida yong`in zudlikda bartaraf etilib, AYoQShning 70 kv.metr maydonda binosi va hududidagi yoqilg`i saqlanib kelinayotgan sig`imi yong`indan asrab qolingan.

Voqea joyida kuyish tan jarohati olgan yuk avtomobili haydovchisi hamda uning yo`lovchisi shifoxonaga yuborilgan.

Dastlabki surishtiruv ishlari olib borilganda, haydovchi hamda yo`lovchi gaz va havo aralashmasidan hosil bo`lgan chaqnashdan kuyish tan jarohati olaganliklari ma`lum bo`lgan.

Davlat Yong`in xavfsizligi xizmati matbuot xizmatining xabar berishicha, yong`in holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. Yong`in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Admin | Теги: Qashqadaryodagi AYoQShda Gazel avto | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar