Четверг, 15.11.2018, 01:27
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Май » 12 » Pedikyur deysizmi? Bu juda ham oddiy!
16:05
Pedikyur deysizmi? Bu juda ham oddiy!

Bosonojka va boshqa turdagi uchi ochiq poyabzallar mavsumi yoz kelmasidanoq boshlanib ulgurdi. Xo`sh, oyoq kaftiyu tirnoqlar issiq mavsumga tayyormi? O`ylanib qoldingizmi? Hechqisi yo`q, bugun sizga uy sharoitida pedikyur qilish usullarini o`rgatamiz.

1-qadam: «Yumshatish»

Tog`orani teri kuymaydigan darajadagi issiq suv bilan to`ldiring. Suvga 3 choy qoshiq iste`mol sodasi, dengiz tuzi va bir necha tomchi efir moyidan soling. Jarayon sizga zavq bag`ishlashi uchun suvga maxsus ko`pik yoki ozgina suyuq sovun soling.Ko`changizdagi yoki hovlingizda barq etib ochilgan bir dona atirgulni uzib olib, gul barglarini ham suvga solsangiz bormi, go`zallik salonidagi muolaja ham bir chetda qolib ketadi. O`rindiqqa yaxshilab joylashib olishdan avval oldingizga qaynoq suv solingan idishni qo`ying, suv sovib borayotganini sezishingiz bilan qaynoq suvdan tog`orachaga quyib turasiz. 20-30 daqiqa oyoq terisi va tirnoqlari yumshashi uchun kifoya. Homilador ayollarda kuzatiluvchi tomirlarning varikoz kengayishida oyoqlarni issiq suvga solib ivitish man etiladi. Ular uchun maxsus yumshatuvchi paypoqlar tavsiya etiladi.

2-qadam“Piling”

Eng avvalo, yumshab turgan tirnoqlarni ehtiyorkorlik bilan kaltalang. Ana endi qayroqtosh yordamida tovon va oyoq kaftidagi dag`al teridan xalos bo`ling. So`ng bambuk tayoqchasi yordamida shunchaki tirnoqdan ozgina ko`tarib qo`ying (tirnoq chetidagi etlarni qirqish aslo yaramaydi).

3-qadam “Silliqlash”

Oyoq kafti va barmoqlarga oyoq uchun maxsus oziqlantiruvchi kremdan surtib, har bir oyoqni 5 daqiqadan uqalab, paypoq kiyib oling-da, 20 daqiqa asablarni tinchlantiruvchi musiqa eshitib o`tiring. Nega deysizmi? Xayajon va asabda qo`llaringiz qaltirab, lak surtayotganda uni tirnoq chetlariga chiqarib yubormaslik uchun-da.

4-qadam “Tirnoqlarni bo`yash”

Eng kutilgan va qiziq bosqichga ham etib keldik. Har kunlik obrazingiz va didingizdan kelib chiqib, mavsumdagi urf ranglarni ham hisobga olgan holda lak tanlab, uni surting. Bir qavatini surtib bo`lgandan so`ng oxirigacha yaxshilab qurishini kuting, ana undan so`nggina ikkinchi qavatini surting. Pedikyur uchun ishlatilgan barcha asboblarni yuvib, tozalab dizinfeksiyalab pedikyur jarayonini yakunlang. Har kech yuvilgan oyoqlarga krem surtib uxlashni odat qilsangiz bormi, tovoningizda yoriqlar paydo bo`lishining oldini olgan bo`lasiz, qolaversa oyoqlaringiz doimo parvarishlangan ko`rinishga ega bo`ladi.

2018 yilgi urfdagi pedikyur qilish usullari bilan tanishing

Monoxrom usulda ya`ni bir hil rangdan foydalanib, qo`l va oyoq tirnoqlarini bir tekisda bir rangga bo`yash usuli bu yil ayni urfda ekan. Buning uchun yorqin ranglarni tanlash tavsiya etiladi, aks holda shundoq ham bir hil rangga bo`yalgan tirnoqlar zerikarli ko`rinib qolishi hech gap emas. Agar sizga bu usul unchalik ham hush kelmasa, bir-biriga yaqin ranglar bilan uyg`unlashgan bo`yash usulidan foydalaning. Fransuz uslubida tirnoqlarni bo`yash har doim urfda bo`lgan va barcha ayollarga birdek yoqadi. Bu uslubga tirnoq uchini bo`yash uchun faqat oq rangdan emas turli yorqin ranglardan foydalansangiz bo`ladi. Bosh barmoqqa esa toshlar va gullar bilan urg`u bering. Shuningdek, dengiz mavzusini tirnoqlarda aks ettirish ham 2018 yilda urfda. Ko`k rangning barcha tuslarini uyg`unlashtirib, tirnoqni bo`yangda, langar va yo`l-yo`l ko`rinishidagi naqshlarni chizing yoki maxsus yopishtirgich sotib olib yopishtiring-da, ustidan rangsiz lak suring. Qarabsizki, dengiz mavzusiga oid pedikyur tayyor.

Oyoq kaftlari uchun niqoblar

Qulupnayli

Ezilib ketgan qulupnaylarni tashlab yuborishga shoshilmang, ularni ezib bo`tqa holatiga keltiring-da, oyoq ostiga surtib, polietilen xaltani 15-20 daqiqaga o`rab qo`ying. Eng zo`r skrab ham bunchalik foyda keltirmaydi.

Kartoshkali

Bitta kartoshkani po`stidan tozalab, mayda qirg`ichdan chiqarib oling va bir osh qoshiq asalsolib, aralashtiring. Tayyor niqobni oyoqlarga surtib 15-20 daqiqaga qoldiring. So`ng yuvib tashlab oziqlantiruvchi kremdan surting.

Anora G`ULOMOVA
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Ayollarga maslahatlar / qiz bolaga maslahat | Добавил: Админ | Теги: Pedikyur deysizmi? Bu juda ham oddi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar