Главная » Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar » Paketchali choy sog‘lik uchun xavflimi?

Paketchali choy sog‘lik uchun xavflimi?

Kanadalik olimlar paketchali choyda polimer mikro zarralarini aniqlashdi. Har yili dunyo okeaniga bunday zarralar juda ko‘plab oqizib turiladi. Bu haqda «Rambler»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
Tadqiqot natijalari «Environmental Science & Technology» jurnalida chop etildi.

Mutaxassislarning aniqlashicha, paketchali choy damlanganda qariyb 11 milliard plastik mikro zarralar va yana 3 milliard polimer nano zarralar qaynoq suvga tushadi. Bu darajadagi ko‘p plastik hatto suv quyilgan plastik idishlarda ham aniqlangan.

Hozircha olimlar mikroplastikning odam salomatligiga qanday ta’sir ko‘rsatishini oydinlashtirganicha yo‘q. Biroq qisqichbaqalar ozuqaviy muhitida nano zarralarning bo‘lishi ushbu mavjudotlar rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
ManbaL: Zamin.uz



Новости «Paketchali choy sog‘lik uchun xavflimi?»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz