Popup

Главная » Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar » Ozuqa sodasining ajoyib 11 xususiyatlari

Ozuqa sodasining ajoyib 11 xususiyatlari

Har bir inson sodani yoshligidanoq eslaydi. Buvilarimiz va onalarimiz uni pishiriqlarga solishgan, idish yuvishda foydalanishgan. Hozirgi kunda tozalovchi vositalar turli xil, shu sabablimi, sodadan juda kamdan-kam odam foydalanadi. Lekin sodaning siz eshitmagan boshqa xususiyatlari ham ko‘pgina.

1. Ozuqa sodasi barcha hidlardan halos etadi. Masalan, sovutgich, axlat qutisi, poyafzal javoni deysizmi, yoqimsiz hiddan qutilish uchun, shunchaki kerakli joyga sodani sepib qo‘ysangiz kifoya.

2. Sodadan antatsid o‘rnida foydalaniladi, ya'ni oshqozonda kislota darajasini kamaytiradi. Jig‘ildon qaynashida bir choyqoshiq ozuqa sodasini bir stakan suvda aralashtirib olish lozim. Biroq bu maqsadda sodadan haddan ziyod ko‘p foydalanish mumkin emasligini inobatga olish zarur.

3. Ozuqa sodasi vannalar uchun mo‘ljallangan qimmat tuzlar o‘rnini bosa oladi. Bunday vanna yallig‘lanishlarni oldini olishda yaxshi natijaga ega bo‘ladi. Agar siz toliqib, asablaringiz ham charchagan bo‘lsa, bir necha oshqoshiq o‘simlik sodasini suv to‘ldirilgan vannaga seping va bir necha tomchi sizga yoqadigan efir moyidan tomizing. Natijaning samarasi sizni ko‘p kuttirmaydi. Bunday vannani qabul qilgach, teringiz yumshaganini va silliqlashganini sezasiz, shu bilan birga tinchlanasiz ham.

4. Soda yordamida, deyarli barcha joyni tozalash mumkin: qoshiq va sanchqilar, rakovina, vanna, kafel va gaz plitasi. Ushbu vosita juda natijakor va mutlaqo ekologik. Uning yordamida qahva va choydan qolgan barcha qoldiqlarni tozalash mumkin.

5. Mushugingiz yoki kuchugingizni cho‘miltirish kerak bo‘lsa, suvga biroz soda qo‘shib chayintiring va taroqda tarab yuboring. Bunday muolajadan so‘ng uy hayvoningizdan yoqimsiz hid kelmaydi va tuki jilokor bo‘ladi.

6. Kir yuvganda ham suvga ozgina soda qo‘shish mumkin. Bunday vaziyatda soda suvni yumshatib, ranglarni matoda saqlab qolishida yordam beradi va kiyimlarni oqartiradi.

7. Kerak bo‘lganda soda soch uchun mo‘ljallangan shampun o‘rnini bosa oladi. Buning uchun sodani suv bilan aralashtirgancha quyuq aralashma hosil qilinadi va sochlarga surtiladi, so‘ngra yaxshilab yuvib tashlanadi. Muolajadan so‘ng sochlaringiz yumshoq, jilokor va toza bo‘ladi. Soda sochlardagi lak va boshqa soch vositalari qoldiqlaridan halos bo‘lishda yordam beradi.

8. Soda - gilamlar tozalashda ajoyib vosita sanaladi. Dog‘larni ketkazish uchun soda va suv aralashmasini gilam ustiga sepib chiqing, taxminan 30 daqiqadan so‘ng changyutgichda tozalab tashlang. Gilamlaringizni nafaqat tozalaydi, balki yoqimsiz hidlardan ham xalom etadi.

9. Hovlingizda hovuz bormi? Unday bo‘lsa, soda kislota-ishqorni me'yorga kelirishda yordam beradi. Shunda hovuzdagi suvning mog‘orlashi kabi muammolaridan qutulasiz. Shuningdek, soda teri va ko‘z uchun zararsiz, shu sababli sodani cho‘milayotgan hovuzga sepishdan qo‘rqmang.

10. Soda olovni zumda o‘chiradi. Shuning uchun uni doim gap pechi oldida saqlang. Biror narsani qovurayotganingizda yonib ketsa, bir hovuch sodani ustidan sepib yuboring.

11. Ozuqa sodasi teri bezovta bo‘lishida yordam beradi va hasharotlar chaqqanda ham qo‘l keladi. Chivin yoki pashsha chaqqanda suv va soda aralashmasidan bo‘tqa hosil qilib, saqqan yerlariga surtib chiqing. Ushbu vosita hatto ari chaqqanda ham yaxshi yordam beradi.

Homiladorlar diqqatiga! Sizlarga ro‘zg‘or sodadan unumli foydalanish taviya qilinadi. Zero, uning tarkibidagi toksik darajasi umuman yo‘q va bo‘lajak farzandingizga umuman zarari bo‘lmaydi.



Новости «Ozuqa sodasining ajoyib 11 xususiyatlari»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz