Popup

Главная » Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar » Oylik maosh qachon berilishi kerak?

Oylik maosh qachon berilishi kerak?

Biz ishlaydigan tashkilotda oylik maoshlarimizning asosiy qismi plastik kartochka orqali to`lanadi. Ma`lum qismi esa naqd shaklda. Ammo ana shu naqd shakldagisini har oy bir xil vaqtda berilmaydi. Ayting-chi, banklar tomonidan pensiya, nafaqa, oylik va boshqa to`lovlar qaysi muddatlarda to`lanishi kerak?

Latif Qurbonov, Toshkent viloyati

M.Eshmatov, Markaziy bank raisi o`rinbosari:

— Banklar tomonidan aholi va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga naqd pullarni berish “O`zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to`g`risida”gi yo`riqnomaga asosan birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarga, pensiya, nafaqa, stipendiya, xizmat safari xarajatlari, shuningdek aholi omonatlarini to`lash uchun amalga oshiriladi.

Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga pul berish muddatlari jamoa shartnomalari va boshqa lokal me`yoriy hujjatlarga asosan ular bilan kelishilgan holda belgilanadi.

Manba: Darakchi.Uz



Новости «Oylik maosh qachon berilishi kerak?»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz