Понедельник, 28.05.2018, 13:13
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Май » 2 » Omadni «chaqirish»ning ilmiy asoslangan 3 usuli
20:53
Omadni «chaqirish»ning ilmiy asoslangan 3 usuli

Angliyalik olimlar o`zlarini omadli va omadsiz deb hisoblovchi kishilar o`rtasidagi farqni aniqlashga qaror qilishdi.

Tadqiqotlar davomida omadli insonlar omadsiz insonlardan yuqori darajada farqlanishi aniqlandi. Omadlilar ikki marta ko`proq kuladi va boshqalar bilan ko`z orqali aloqani ushlab turishga harakat qiladi. Omadsiz odamlar esa emosional beqarorlikka, xavotirga va salbiy hissiyotlarga moyil bo`ladi. Ular qandaydir bir muamo tufayli haddan tashqari tashvishlanishi natijasida imkoniyatlarni qo`ldan chiqaradi.

Tadqiqot ishtirokchilariga bir nechta mashqlar berdi. Bir oy o`tgach, ularning 80 foizi baxtliroq, o`z hayotlaridan mamnunroq va asosiysi, omadliroq bo`lganini ta`kidladi.

E`tiboringizga ushbu mashqlarni havola etamiz:

Kengroq fikrlang

O`z maqsadingizga erishish-erishmaslik borasida doim tashvishlanish tufayli siz ko`p imkoniyatlarni qo`ldan boy berishingiz mumkin. Barcha yangi narsalarga ochiq bo`ling, shunda sizda baxt keltiruvchi chiptani tortib olish imkoniyati ko`proq bo`ladi.

Hayotga ijobiy tarzda yondashing

Hamma narsaning faqat salbiy jihatlarini ko`rish kerak emas. Bunday kayfiyat sizdan hayotiy kuchingizni olib qo`yadi. Nimadandir shikoyat qilish o`rniga, bundan ham yomonrog`i yuz bermagani uchun shukur qiling.

Xayotingizga yangilik kiriting

Kundalik hayot charchatishi mumkin. Agar siz har kuni bir xil odamlar bilan muloqotda bo`lsangiz, bir xil taomni esangiz, bir xil ishlarni bajarsangiz, o`z hayotingizni xilma-xillashtirishga harakat qiling. Qulaylik zonasidan chiqish omadni dumidan tutish imkoniyatlarini ko`paytiradi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Добавил: Админ | Теги: Omadni «chaqirish»ning ilmiy asosla | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar