Главная » Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar » Olimlar mushuklar bilan sayr qilishning xavfi borasida ogohlantirishdi

Olimlar mushuklar bilan sayr qilishning xavfi borasida ogohlantirishdi

Obern universiteti olimlari mushuklar bilan sayr qilishning xavfi borasida ogohlantirishdi, deb xabar berdi Actualnews.org nashri.

Ma`lum bo`lishicha, uy hayvonlari odatdagidan ko`ra uch marta ko`proq turli infeksiyalarni o`zlariga yuqtirib olishar ekan.

Tahlillarning natijalariga ko`ra, mushuklar ko`pincha dumaloq qurtlarni ilib olishar ekan. Keyin esa bu qurtlar o`zlarining sevimli “baroq”lari bilan o`ynashni yaxshi ko`radigan bolalarga osongina yuqadi va qorin og`rig`i, tomir tortishishiga sabab bo`ladi.

Parazitlar mushuklarga so`lak, havo yoki shunchaki teginish orqali yuqadi, negaki tabiatda mushuklar turli kasalliklarga chalinuvchan bo`lishadi.
Manba: Darakchi.uz



Новости «Olimlar mushuklar bilan sayr qilishning xavfi borasida ogohlantirishdi»


Всего комментариев: 0
avatar