Суббота, 23.02.2019, 16:00
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2019 » Февраль » 2 » O`zbekistonda ish haqi miqdori va mehnat faoliyati to`g`risida arxiv ma`lumotnomalarini olish osonlashdi
00:46

O`zbekistonda ish haqi miqdori va mehnat faoliyati to`g`risida arxiv ma`lumotnomalarini olish osonlashdi


Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali endi mehnat faoliyatini tasdiqlash to`g`risidagi va ish haqi miqdorini tasdiqlash to`g`risidagi arxiv ma`lumotnomalarini olish mumkin. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Jismoniy shaxslarga xizmatlar bepul taqdim etiladi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O`zarxiv» agentligi ularning bajarilishini ta`minlaydi.

Servis Vazirlar Mahkamasining 5.04.2012 yildagi «O`zbekiston Respublikasida arxiv ishini takomillashtirish to`g`risida»gi 101-son qarorini bajarish maqsadida joriy etildi.

Xizmatlardan foydalanish uchun Yagona identifikasiya tizimi (OneID) orqali YaIDXPda avtorizasiyadan o`tish zarur.

Ko`rsatilgan hujjatlar, xususan, pensiya tayinlash chog`ida talab etiladi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Admin | Теги: Ozbekistonda ish haqi miqdori va me | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar