Popup

Главная » Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari » O`zbekistonda er silkinishi qayd etildi

O`zbekistonda er silkinishi qayd etildi

2 fevral kuni soat 17:04 da O`zbekistonda erosti silkinishlari qayd etildi, deb xabar qiladi FVV matbuot xizmati.

Zilzila epimarkazi Toshkentdan 453 km masofada, Afg`oniston hududida 100 km chuqurlikda joylashgan. Magnitudasi – 5,4 ga teng.

Erosti silkinishlari kuchi Toshkent, Namangan, Andijon, Farg`ona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi va Navoiyda 2 ballni tashkil qildi.

O`zbekistonning boshqa hududlarida zilzila sezilmadi.

Talafotlar va jabrlanganlar to`g`risida ma`lumot kelib tushmagan.
Manba: Darakchi.uz



Новости «O`zbekistonda er silkinishi qayd etildi»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz