Главная » Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar » Nega yosh oʻtgan sari inson vazni ortadi?

Nega yosh oʻtgan sari inson vazni ortadi?

Fransiyalik va shvetsiyalik bir guruh olimlar nima uchun yosh oʻtgach insonda vazn orta boshlashini aniqlashdi. Aniqlanishicha, tadqiqotchilar 13 yil davomida 54 kishidagi lipid metabolizmni (moddalar almashinuvi) kuzatib borishgan.

Olimlarning xulosalariga koʻra, oʻrganish davomida insonning yoshi ulgʻayib borgan sari ularda moddalar almashinuvi sekinlasha borgan. Shu sababdan ularda vazn ortishi kuzatilgan.

Olimlar yogʻ qatlamidagi jarayonlar qarish davrida tana ogʻirligini nazorat qiladi va bu koʻrsatkich boshqa omilga bogʻliq emas, degan xulosaga kelishgan.
Manba: Zamin.uz



Новости «Nega yosh oʻtgan sari inson vazni ortadi?»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz