Понедельник, 28.05.2018, 13:11
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Май » 2 » Muhabbat haqida 10 ta qiziq fakt
20:54
Muhabbat haqida 10 ta qiziq fakt

1. Olimlar shunday tajriba o`tkazishgan. Bir qancha juftliklarni bir yarim soat davomida bir xonaga qamab, faqat sevgi haqida gaplashib, keyin esa,yarim soat bir-birining ko`ziga termilib turishni buyurishgan. Oradan ko`p o`tmay, haligi juftliklarning yarmidan ko`pi bir-biriga ko`ngil qo`yib, turmush qurishgan.

2. Yigit va qiz turmush qurishdan avval qancha uzoq muddat bir-biri bilan gaplashib, sirlashib yursa, nikoh ham shu qadar mustahkam bo`lishi aniqlangan.

3. Kuzatishlar shuni ko`rsatmoqdaki, ayollarda ko`proq yuzma-yuz gaplashganda, erkaklarda esa, birga ishlash jarayonida qarama qarshi jins vakiliga nisbatan muhabbat paydo bo`larkan.

4. Oilada muhabbatning bardavom bo`lishi uchun bir-birini eshita bilish va har ikki taraf uchun qiziqarli mavzulardagi bahs-munozara katta o`rin tutarkan.

5. Mutaxassislar er-xotin o`rtasidagi farq to`qqiz yildan oshsa, ajrashish ehtimoli ko`proq bo`lishini aytishadi. Shuningdek, 24 yoshdan keyin qurilgan oilalar nisbatan mustahkam bo`larkan.

6. Ishqiy munosabatlardagi romantik qarashlar nari borsa, bir yildan sal osharkan. Tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, har qanday jo`shqin muhabbat uzog`i bilan uch yarim yildan so`ng sokinlasha boshlaydi.

7. Mutaxassislar fikricha, ayollarning aksariyati nisbatan takabbur, dunyoqarashi keng, jamiyatda o`z obro`-e`tiboriga ega, hazilkash, baland bo`yli erkaklarga ko`proq moyillik bildirishadi.

8. Chikago universiteti olimlarining fikricha, dunyoda boshqalarning tavsiyalariga ko`ra tanishib turmush qurganlar soni o`zlari topishgan juftlikalrga qaraganda ikki baravar ko`p ekan.

9. Ma`lumotlarga ko`ra, har bir inson umri davomida to oila qurgunga qadar o`rtacha etti marotaba kimnidir sevib qolarkan.

10. Mutlaqo sevmaslik va romatnikka berilmaslik tibbiyotda gipopituitarizm kasalligining asolsiy belgilari hisoblanadi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar | Добавил: Админ | Теги: Muhabbat haqida 10 ta qiziq fakt | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar