Суббота, 23.02.2019, 15:59
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2019 » Февраль » 5 » Meva-sabzavot mahsulotlari narxi qimmatlashmoqda
01:09

Meva-sabzavot mahsulotlari narxi qimmatlashmoqda


O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi tomonidan e`lon qilingan 2019 yilning yanvar oyida O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyasiya darajasi haqidagi ma`lumotda 2019 yilning yanvar oyida meva va sabzavot mahsulotlari narxlari o`rtacha 8,3 foizga o`sgan.
Sitrus mevalari narxlarini 1,0 foizga arzonlashganligini hisobga olmaganda, deyarli barcha turdagi meva va sabzavot mahsulotlari narxlarida o`sish kuzatilgan.

Alohida turdagi meva-sabzavot mahsulotlarining iste`mol

narxlari indeksi – 2019 yil yanvar 2018 yilning dekabriga nisbatan, %

2019 yilning yanvar oyida meva-sabzavotlar guruhi tarkibiga kiruvchi mahsulotlardan uzum (1,3 baravar), tarvuz (22,0 wacko va pomidor (16,3 wacko narxlarining yuqori darajada qimmatlashganligi qayd etilgan.

Shuningdek, infografika ma`lumotlarida ko`rsatib o`tilgan mahsulotlardan tashqari oshqovoq (8,6 %), bodring (8,0 %), sarimsoq (5,1 %), tuzlangan bodring va pomidor (3,4 %), lavlagi (1,7 %), yong`oq (1,2 %), quritilgan mevalar (1,1 wacko narxlari ham qimmatlashgan.

Yillik ma`lumotlar tahliliga ko`ra (2019 yil yanvar 2018 yilning yanvariga nisbatan), meva-sabzavot mahsulotlari narxlari o`rtacha 5,0 foizga qimmatlashdi. Ushbu guruh mahsulotlari narxlari orasidagi o`zgarish doirasi nisbatan keng bo`ldi. Karam narxlari maksimal darajada qimmatlashib (2,5 baravar), sarimsoq narxlari esa aksincha minimal darajada (43,5 wacko arzonlashdi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Admin | Теги: Meva-sabzavot mahsulotlari narxi qi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar