Воскресенье, 27.05.2018, 06:10
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Май » 2 » Metan qimmatlashdi, propan narxi tushdi
20:56
Metan qimmatlashdi, propan narxi tushdi

Metan narxi bir qator viloyatlarda qimmatlashdi hamda mamlakatning barcha hududlari kesimida propan narxi arzonlashdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Joriy yilning aprel oyi davomida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlari nisbatan barqaror sur`atda o`sganligi Davlat statistika qo`mitasining 2018 yil aprel oyi uchun O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyasiya darajasi haqidagi ma`lumotida qayd etildi.

Unga ko`ra, nooziq-ovqat mahsulotlari o`tgan oyga nisbatan biroz qimmatlashib, (oylik o`rtacha 0,4 foiz) bu esa iste`mol narxlari indeksining umumiy o`sishiga 0,2 foiz darajada ta`sir ko`rsatdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlarining asosiy guruhlari bo`yicha narxlarning o`sishi sezilarli darajada qurilish materiallarida, maishiy to`qimachilik mahsulotlari, oshxona jihozlari hamda avtomobillar uchun yoqilg`i narxlarida kuzatildi.

Joriy yilning aprel oyi davomida qurilish materiallari narxlari o`sish sur`ati ancha pasaygan bo`lsa-da, baribir noozik-ovqat mahsulotlari umumiy guruhining o`rtacha narxlaridan yuqori darajada qimmatlashdi.

Narxlarning asosiy o`sishi g`isht (3,6 foiz), sement (2,5 foiz), bo`yoqlar (1,6 foiz) gulqog`oz (1,0 foiz) mahsulotlarida kuzatildi.

Avtomobillar uchun yoqilg`i narxlari indeksining oshishida metan narxining bir qator viloyatlar bo`yicha qimmatlashganligi (respublika bo`yicha o`rtacha o`sish darajasi 8,4 foizni tashkil etdi), shuningdek, mamlakatning barcha hududlari kesimida propan narxining o`rtacha 18,7 foizga arzonlashganligi natijasida yuzaga keldi.

Kiyim-kechak va oyoq kiyim narxlarining ko`tarilishi, mavsumiy o`zgarishlar ta`siri natijasida sodir bo`ldi: bahor-yoz mavsumiy kiyim-kechak hamda oyoq kiyim narxlari qimmatlashishi barobarida, qishki kiyimlar va oyoq kiyimlar narxlarining arzonlashishi kuzatildi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Админ | Теги: propan narxi tushdi, Metan qimmatlashdi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar