Понедельник, 10.12.2018, 15:58
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Апрель » 15 » Ko`zlar ochiq holda aksirishning imkoni yo`q
15:46
Ko`zlar ochiq holda aksirishning imkoni yo`q

Aslida mo`jiza emas narsaning o`zi yo`q, ammo...
1. Albert Enshteyn 9 yoshigacha to`g`ri gapirolmasdi.
2. Amerikada har soatda 40 kishi rakdan vafot etadi.
3. Oyna sinsa, uning parchalari soatiga 300 kilometr tezlikda atrofga tarqaladi.
4. AQShning sobiq prezidentli J. Kennedi 20 daqiqada to`rtta gazeta o`qiy olardi.
5. Oydin kechada 2000 yulduzni ko`rish mumkin.
6. AQShda 20–29 yoshlar orasidagi qora tanli yigitlarning uchdan biri mahbus yoki nazoratda.
7. Inson umri davomida ikkita hovuz suviga teng tupurar ekan.
8. Otlarda insonlarga nisbatan 18 ta ortiqcha suyagi bor.
9. Ayiq inlarining og`zi har doim shimolga qaragan bo`ladi.
10. Boyqush moviy rangni ko`ra oladigan yagona qush.
11. Bethoven musiqa yaratishdan avval boshini sovuqqa suvga tiqib olardi.
12. Tuyaqushning ko`zi miyasidan katta.
13. Erkak kishi umrining o`rtacha 3350 soatini soqol olish bilan o`tkazadi.
14. Suvarak boshi tanasidan juda qilingandan keyin ham 9 kun yashay olarkan.
15. Chumoli o`z vaznidan 50 marta og`ir yukni ko`tara oladi.
16. Bir kg. limonda 1 kg. qulupnaydan ko`ra ko`proq shakar bor.
17. Buqalamunning tili tanasidan ham uzun.
18. Bolalar bahor faslida tezroq katta bo`lisharkan.
19. Er yuzida hayvonlarning 80 foizi oltioyoqlidir.
20. Ko`zlar ochiq holda aksirishning imkoni yo`q.

O`z.A.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Добавил: Админ | Теги: Kozlar ochiq holda aksirishning imk | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar