Popup

Главная » Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar » Kivining 5 foydali xususiyati

Kivining 5 foydali xususiyati

Ushbu meva S vitaminiga boy. O`rtacha kattalikdagi kivi tarkibida 92,7 mg. askorbin kislotasi mavjud. S vitamini kuchli antioksidant bo`lib, organizmni tez toliqib qolishdan asraydi, immunitetni oshiradi, yallig`lanish va miyaga qon quyilishi xavfini kamaytiradi.
Kivi tarkibidagi V guruhi vitaminlari, ayniqsa, V1 va V2 asab tizimi faoliyatiga ijobiy ta`sir etib, jahlni jilovlashga yordam beradi.
Kivi iste`mol qilish kamqonlikning oldini olib, og`iz va ko`z shilliq pardalarini himoyalaydi. Bunga sabab tarkibidagi foliy kislotasidir. Homiladorlikka tayyorgarlik va homiladorlik davrida ayollarga kivi eyish tavsiya etiladi.
Sog`lom odam kuniga 3-4 gr. miqdorda kaliy moddasini qabul qilish kerak. 1 ta kivi esa o`zida 3 gr. kaliy moddasini jamlagan. Bu yurak-qon tomirlari faoliyati uchun foydali bo`lib, gipertoniya, uyquchilik, shishlar va mushaklar bilan bog`liq kasalliklar kuzatilganda foydali.
100 gr. kivi bir kunlik magniyga bo`lgan ehtiyojingizni 50 foizga qondiradi. Havo ta`siridagi organizmdagi o`zgarishlar, tutqanoq, asabiylik holatlarida ayni muddao.



Новости «Kivining 5 foydali xususiyati»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz