Воскресенье, 27.05.2018, 06:13
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Апрель » 20 » Keksayganda oyoq mushaklarining bo`shashishi sabablari aniqlandi
09:27
Keksayganda oyoq mushaklarining bo`shashishi sabablari aniqlandi

Olimlar keksalarda oyoq mushaklarining tabiiy ravishda bo`shashib, kuchsiz bo`lib qolishi bir qancha nerv faoliyati to`xtashi bilan bog`liq ekanini aniqladi.

168 nafar erkakning hayoti va salomatligi uzoq muddat kuzatilgani natijasida ular 75 yoshga yaqinlashgan davrda oyoq mushaklarini nazorat qiluvchi nervlar qariyib 30 foiziga kamayib ketgani aniqlandi.

Fiziologiya jurnalida chop etilgan maqolada keksalarning oyoq mushaklari bo`shashishi oqibatida ular yurishga va zinalardan tepaga ko`tarilishga qiynalishi, bu hol vaqt o`tgan sari yomonlashib borishi qayd etilgan.

Manchester universiteti professori Jeymi MakFiyning aytishicha, inson oyoqlari harakatini umurtqa pog`onasi bo`ylab kelgan 60-70 mingta nerv boshqaradi.

“Tadqiqotlar mushaklarni nazorat qiladigan nervlar keksaygan paytda 30 – 60 foizga yo`qotilganini ko`rsatdi. Mushaklar normal ishlab biz bemalol yura olishimiz uchun nerv tizimi orqali signallar muntazam kelib turishi kerak”, - deydi MakFiy.

Mushak va nervlar o`rtasidagi bog`liqlik odam keksayganida uzilishi sabablari hozircha noma`lum bo`lib qolayotgan bir paytda, olimlar mushaklar ishdan chiqishining boshqa sabablari ham aniqlansa, bu sohada vaziyat oldinga siljishiga turtki bo`ladi, degan fikrda.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli dunyo yangiliklari / xorij xabarlari | Добавил: Админ | Теги: Keksayganda oyoq mushaklarining bos | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar