Главная » Qiziqarli tortlar / tort tayyorlash retseptlari » Kecha va Kunduz tortini tayyorlash retseptlari

Kecha va Kunduz tortini tayyorlash retseptlari

Kechki mehmon uchun munosib tuhfa!

Zarur masalliqlar: xamiriga: 250 gr. smetana, 200 ml. quyultirilgan sut, 2 stakan un, 3 dona tuxum, 2 osh qoshiq kakao, 1 choy qoshiq iste`mol sodasi; kremiga: 200 ml. quyultirilgan sut, 200 gr. sariyog`, yong`oq.

Tayyorlanishi: 1. Tuxumni smetana bilan yaxshilab aralashtirib, quyultirilgan sutni solib, un va iste`mol sodasi qo`shing.

2. Xamirni ikki qismga ajratib, bittasiga kakao qo`shing. Va yog`langan qolipga solib, 210 darajada qizdirilgan gaz pechiga 20 daqiqaga qo`ying.

3. Korjlar pishgach, har birini eniga o`rtasidan ikki bo`lakka bo`ling.

4. Xona haroratida eritilgan sariyog`ni quyultirilgan sut bilan yaxshilab ko`pirtiring. Korjlar o`rtasiga kremdan surtib, ularni bir-biriga yopishtiring (1 ta oq, 1 ta qora rangli korj tartibida). Qolgan kremni tort yuziga surtib, maydalangan yong`oq seping.

8 kishilik.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.



Новости «Kecha va Kunduz tortini tayyorlash retseptlari»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz