Главная » Qiziqarli psixologik testlar / qiziqarli o'yinlar » Kasbingiz o`zingizga munosibmi? (Psixologik test)

Kasbingiz o`zingizga munosibmi? (Psixologik test)

Bo`ynidan boylangan it ovga yaramas» degan maqol bor. Chindan ham, majburlab qilingan ish boshqayu istab qilingani boshqa. Inson sevgan kasbi bilan shug`ullangandagina o`sishi, rivojlanishi, biron yangi narsa yaratishi va hayotdan qoniqishi mumkin. Kasbingiz o`zingizga yoqadimi, undan lazzatlanasizmi? Yoki shunchaki majburlikdan bu ishda ishlayapsizmi? Test shuni aniqlashga yordam beradi.



1. Hozirgi ish o`rningizda qanchadan beri ishlayapsiz?



A) 12 oydan ortiq;



B) 3 yildan ortiq;



V) 10 yil (yoki undan ortiq);



G) bir necha oy.



2. Agar qo`shimcha ta`lim olinsa, ishda muvaffaqiyat qozonish oson kechadi, degan qarashni kasbingiz nuqtai nazaridan kelib chiqib baholang:



A) Yo`q, siz uchun hozirgacha egallagan ma`lumotingiz etarli;



B) Ha, shunday, chunki karera siz uchun juda muhim;



V) «Qo`shimcha ta`lim shiddat bilan rivojlanayotgan zamonda muvaffaqiyat kaliti».



G) «Hamma odamlar doim yangi bilimlarni o`rganib borishlari kerak».



D) Faqat aniq foyda kelishiga ko`zingiz etsa, qo`shimcha ta`lim olishga kirishishingiz mumkin.



3. Sizningcha hozirgi kunda sizning mehnatingiz etarlicha qadrlanyaptimi?



A) «Ha, ammo qancha to`lashsa ham, doim ozlik qilaveradi».



B) «Yo`q, ammo taqqoslash oson emas».



V) «Sarflayotgan kuchimga yarasha haq olyapman, menimcha».



G) «Maoshim katta bo`lmasa-da, kasbimni sevaman».



D) «Menga qancha haq to`lashsa, shunga yarasha ishlayman».



4. Ishga ketayotganingizdagi ko`pincha qanday kayfiyatda bo`lasiz?



A) Yurak urishingiz tezlashadi, arterial bosimingiz ortadi, engil ko`ngil aynishi paydo bo`ladi.



B) Hammasi rejadagidek ketayotganiga ishonasiz.



V) Har kuni pensiyagacha qancha qoganini hisoblaysiz.



G) Atrofdagilarga qobiliyatlaringizni namoyish etishga  sabringiz etmaydi, shoshilibgina yo`lga otlanasiz.



D) «Bekor o`tirgandan ko`ra yaxshi-da», degan o`y bilan yo`lga chiqasiz.



5. O`z professional muammolaringizni uydagilar bilan muhokama qilayotib...



A) Boshliq haqida hazillarni aytib berasiz.



B) Faqat foydali narsalarni gapirasiz.



V) Uyda umuman ish haqida gaplashmaysiz.



G) Faqat qiziqarli jihatlarga to`xtalasiz.



D) Bu haqda kam gaplashasiz, chunki qiziq emas.



6. Ta`tildasiz. Ish haqidagi fikrlaringiz…



A) Umuman ish haqida o`ylamaysiz.



B) Shu paytda diqqinafas idorada ishlab o`tirgan hamkasblaringizni o`ylab shukr qilasiz.



V) Ish haqida ko`p o`ylaysiz va tezroq ta`til tugashini kutasiz.



G) Ko`p o`ylamaysizu, vaqti-vaqti bilan hamkasblaringizni eslab qo`yasiz.



D) Hali ta`til tugashiga ancha borligini o`ylab quvonasiz.



7. Egallagan kasbingiz haqida bolalikda tasavvurga egamidingiz?



A) Bu haqda orzu ham qilmagansiz.



B) Doim shu kasbga intilgansiz va orzungiz amalga oshganidan xursandsiz.



V) Biroz hafsalangiz pir bo`lgan.



G) Avval o`ylamagansiz, qaerdadir ishlash kerakligi uchun shu erda ishlayapsiz.



8. Agar farzandlaringiz ham kasbingizni tanlashsa, siz



A) Bu borada ular bilan bahslashmaysiz.



B) Agar ular sizdan yuqoriroq marralarni egallashlariga ko`zingiz etsa, rozi bo`lasiz.



V) Fikridan qaytarishga urinasiz.



G) Bolalaringiz hali juda yosh, shu sababli ularning kasb tanlash muammosi hozircha sizni o`ylantirmaydi;



D) Buni istamaysizu, ammo baribir shu kasbni tanlashsa, tajribangiz va tanish-bilishlaringiz bilan yordam berasiz.



9. Bolaligingizda kim bo`lishni orzu qilgansiz?



A) Kosmonavt: yangi sayyoralarga uchib borishni istardingiz.



B) Aktrisa: sizga olqishlar, gullar va mashhurlik yoqadi.



V) O`qituvchi: bolalarga faqat a`lo baholar qo`yishni istardingiz.



G) Model: bu juda qiziq.



D) Shifokor: stetoskop va oq xalatda yurishni yoqtirasiz.



10. Ishdan so`ng turmush o`rtog`ingiz bilan restoranga borishingiz kerak. Ammo ish tugay deganda boshliq shoshilinch vazifani bajarishni sizga topshirdi…



A) Eringizga qo`ng`iroq qilib, ziyofatni boshqa kunga ko`chirasiz.



B) Boshliq bilan urishib bo`lsa ham restoranga ketasiz.



V) Tadbirni boshqa kunga qoldirasiz, ammo o`zingizni baxtsiz his etasiz.



G) Ishni birinchi o`ringa qo`yasiz, eringiz sizni tushunishi kerak.



D) Biron bahona topib ishdan qochib qolasiz.



Natijani hisoblang:























































































1



2



3



4



5



6



7



8



9



10



A



1



0



2



0



2



3



5



5



2



7



B



2



2



1



4



1



2



3



4



2



5



V



2



1



1



1



1



1



2



1



2



1



G



1



4



2



2



2



3



1



2



3



2



D



0



2



1



1



1



1



0



1



2



11




27—41 ball



Siz ham maishiy, ham kasbiy vaziyatlarga oson moslashasiz. O`sish va rivojlanish uchun doim imkon qidirasiz. Istalgan ish o`rnida o`zingizni qulay his etasiz, bajarayotgan ishingiz doim sizga qoniqish hissini beradi. Shu sababli birinchi duch kelgan ishga rozi bo`lib ketavermang, qobiliyatlaringizni qadrlang.



22—26 ball. Ishingizni yaxshi bajarasiz, ammo baribir undan qoniqmaysiz. Chunki sizning qobiliyatlaringiz hozir bajarayotgan ishingizdan balandroq, ya`ni siz ko`prog`iga qodirsiz. Vaziyatni o`zgartirish uchun biron muvaffaqiyat yordamga kelishi kerak, mayli juda kichik bo`lsa ham, ammo muvaffaqiyat. Shunda kayfiyatingiz ko`tarilib, yanada ilhomlanib ishlaysiz. Yana bir sabab bor: hamkasblaringiz bilan munosabatlaringiz yaxshi emas. Shu masala ustida ishlang, ular sizga halaqit bermasliklari uchun zarur choralarni ko`ring.



22 ball va undan kam. Afsuski, ishingiz sizga hech qanday qoniqish bermaydi, vaqtingiz asosan zerikish bilan o`tadi. Bu joyda ishlab o`zingizni namoyon etishingiz va rivojlanishingizga ko`zingiz etmaydi. Maslahatimiz, vaziyatni yaxshilab tahlil qiling, sabablarini aniqlang. O`ylab ko`ring, qaerda ishlasangiz, o`zingizni yaxshiroq namoyon etishingiz mumkin? O`zingizga ishonchingiz butkul so`nmay turib munosib kasb izlab toping. Balki u ham butunlay sizga mos kelmas, ammo har qanday yangi ish qiziqroq-da. U sizda yangi qobiliyatlarni ochishi mumkin.




Новости «Kasbingiz o`zingizga munosibmi? (Psixologik test)»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz