Главная » Скачать музыку


Buxorolik fermer va uning ishchisi Navoiy shahrida Muhayyo (ismi o`zgartirildi) bilan ”tanishishadi”. Keyin esa qayta “tanishishadi” va yana...

Garchi tanishlari bezor bo`lsa ham ayol ularning fermer xo`jaligiga oyma-oy borib turar, eb-ichishi hamda kiyinishiga pul berib turmasa, «tanishuv»lar aks etgan videotasvirlarni internetga joylashtirib, oilasi va mahallasi oldida sharmandasini chiqarishini aytib qo`rqitardi.

Shu yo`l bilan Muhayyo ijarada turgan uyini ta`mirlatib, fermerlardan televizor undirdi. Tabiiyki, oyma-oy to`lab borilgan ijara pullari buning ichiga kirmaydi.

Navbatdagi safarlardan birida Muhayyo Sattor ismli qarindoshi bilan keladi. Kelishdan ko`zlangan maqsad uning ko`ngli avtomashinalik bo`lishni tusayotgani ekan. Sattor topgan Matiz’ning pulini to`lab berishsa, tinch qo`yishini aytadi.

27 million so`mlik dastlabki to`lovni amalga oshirgan fermerlar qolgan 20 million so`mni bir oy ichida to`lash shartiga rozi bo`ladi ... Читать дальше »

Категория: Jinoyat va Jazo |  Добавил: Admin | Дата: 06.02.2019 | Комментарии (0)


2019 yil 30 yanvar kuni Navoiy shahar I.Karimov ko`chasida yashovchi V.G. mast holda uyida o`zaro janjal sabab birga yashovchi 20 yoshli o`gay o`g`li V.T.ga pichoq bilan jarohat etkazgan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, V.T. kasalxonaga yotqizilib, V.G. qo`lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Jinoyat va Jazo |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


2019 yil 30 yanvar kuni Namangan viloyatining Uchqo`rg`on tumanida yashovchi Q.J. uyida oilaviy janjal tufayli birga yashagan rafiqasi N.J.ga qarata choynak otgan vaqtida choynak uning boshiga tegib jarohat olgan.

Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Natijada ayol kasalxonaga yotqizilgan va ko`rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, Q.J. qo`lga olindi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Jinoyat va Jazo |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


2019 yil 29 yanvar kuni Departamentning Buxoro viloyat boshqarmasi hamda boshqa huquq-tartibot idoralari xodimlari hamkorligida Buxoro shahrida yashovchi Z. ismli fuqaroning arizasi yuzasidan o`tkazilgan tadbirda, M. ismli Turkmaniston Respublikasi fuqarosi fuqaro Z.ni aldab, ishonchini suiste`mol qilib, uning Turkmanistonda yashovchi xolasiga O`zbekiston Respublikasi vizasini olib berish evaziga 300 AQSh dollari talab qilib, Buxoro shahar Namozgoh ko`chasida joylashgan “Mirxan” kafesi oldida 300 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Bu haqda Buxoro viloyati IIB Matbuot xizmati ma`lum qildi.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 1-qismi bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Jinoyat va Jazo |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


Namangan shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo`limi katta tergovchisi Mingchinor ko`chasida yashovchi A.T.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o`g`irlik) bilan qo`zg`atilgan jinoyat ishini yuritayotgan edi.

2019 yil 30 yanvar kuni unga ushbu qo`zg`atilgan jinoyat ishining bir qismini tugatib berishni so`rab, gumonlanuvchining Tinchlik MFYda yashovchi Z.R. ismli tanishi 500 AQSh dollarini pora sifatida taklif etadi. Tergovchi bu haqda viloyat IIBga murojaat qiladi.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, ushbu bildirgi yuzasidan 30 yanvar kuni viloyat ichki ishlar va prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o`tkazilgan tadbirda Z.R. 450 AQSh dollarini xodimga pora sifatida berayotganida qo`lga olingan. Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga muvofiq Z.R.ga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatl ... Читать дальше »

Категория: Jinoyat va Jazo |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)


Toshkent temir yo`l muhandislari instituti birinchi bosqich talabasi 21 yoshli (ism-familiyalar o`zgartirilgan) N.V. kursdoshlari bilan birga Toshkent shahri Mirobod tumanidagi ko`p qavatli uylardan birida ijarada yashardi.

2018 yil 20 dekabr kuni kechasi xonadoshlar o`rtasida arzimas sababdan janjal chiqdi. Ayblanuvchi N.V. jahl ustida stol ustida turgan oshxona pichog`i olib, tanishi K.M.ga og`ir tan jarohati etkazadi. Oqibatda jabrlanuvchi tez yordam mashinasida kasalxonaga yotqizilgan. Bu haqda O`zA xabarida aytiladi.

Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tergov-surishtiruv o`tkazib, tibbiy ekspertiza xulosalari olindi.

Sud majlisida ish hujjatlari to`liq o`rganilib, guvohlar ko`rsatmalari tinglandi. Aybdor qilmishiga iqror bo`ldi. Unga O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi tegishli moddasiga binoan jazo tayinlandi.

Ochiq sud majlisida soha mutaxassislari, tuman faollari yoshlar o`rtasida huquqbuzarlik va ji ... Читать дальше »

Категория: Jinoyat va Jazo |  Добавил: Admin | Дата: 03.02.2019 | Комментарии (0)