Воскресенье, 24.03.2019, 02:34
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2017 » Февраль » 26 » Issiqqina salat - qishda immunitetingizni oshiring!
21:12

Issiqqina salat - qishda immunitetingizni oshiring!


Zarur masalliqlar: 300 gr. tovuq go`shti (suyaksiz), 2 ta bulg`or qalampiri, 1 donadan sabzi va pomidor, 4 ta salat bargi, bitta achchiq qalampir, 1 bosh piyoz, 2 bo`lak sarimsoqpiyoz, 1 bo`lak karam, kinza, 3 osh qoshiq soya sousi, 2 osh qoshiqdan kunjut va o`simlik yog`i, limon sharbati, 1 choy qoshiqdan quruq zanjabil va achchiq sous, oq kunjut va shakar.

Tayyorlanishi: 1. Tovuq go`shtini uzunchoq shaklda o`rtacha bo`laklarga bo`ling. Soya va achchiq sous, kunjut yog`i, limon sharbati, shakarni solib aralashtiring-da, 15-30 daqiqa marinadlab qo`ying.

2. Sabzini yupqalab somoncha shaklida, sarimsoqpiyozni maydalab, qolgan sabzavotlarni o`rtacha kattalikda to`g`rang.

3. Qizdirilgan o`simlik yog`ida tovuq go`shtiga ozgina tuz sepib qovuring. So`ngra ezilgan zanjabilni soling.

4. Piyoz va sarimsoqpiyozni qovurilayotgan tovuq go`shtiga qo`shib, o`rtacha olovda 2 daqiqa qovuring. Endi bulg`or qalampirini qo`shib, yana 1 daqiqa qovuring. Sabzini ham soling. Oxirida pomidor va karamni qo`shamiz va yaxshilab aralashtirib, 4-5 daqiqa qovuramiz. Salatga kunjut va maydalangan kinzani sepib, dasturxonga torting.

45 daqiqa

2 kishilik
Категория: Qiziqarli / salat tayyorlash sirlari | Добавил: Admin | Теги: Issiqqina salat - qishda immuniteti | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar