Popup

Главная » Qiziqarli telefonlar sirlari / android / smartfon / nokia » iPhone 8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi

iPhone 8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi

Apple iPhone 7s’ni chiqarmasdan turib, 2017-yilda birato‘la iPhone 8’ni taqdim etadi, u shisha korpus, OLED-ekran va 10 nanometrli texnologiya bo‘yicha yasalgan chipsetga ega bo‘ladi. Bu haqda taniqli tahlilchi San Chanju o‘zining Weibo akkauntida ma’lum qildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.

Samsung’ning chiplar ishlab chiqarish bo‘yicha xizmatidan uning asosiy raqibi voz kechishga qaror qildi. iPhone 8 uchun OLED-ekranni esa aynan Samsung yetkazib berishi taxmin qilinmoqda.Ekspertning ta’kidlashicha, iPhone 8 Apple A11 protsessoriga ega bo‘ladi. Digitimes xabariga ko‘ra, Taiwan Semiconductor Manufacturing Company bunday protsessorlarning yagona yetkazib beruvchisiga aylanadi, ular FinFET o‘n nanometrli texnologik jarayonni qo‘llagan holda tayyorlanadi.

Bundan tashqari, Apple alyuminiy korpusdan voz kechib, uni shishaga almashtiradi. 20-iyul kuni taqdim etilgan Corning Gorilla Glass 5 smartfonning nihoyatda pishiq bo‘lishini ta’minlaydi. Shuningdek, iPhone 8’ning yon chetlari qayrilgan bo‘ladi, ammo ularda Samsung Galaxy S7 edge’dagi kabi qo‘shimcha elementlar bo‘lishi-bo‘lmasligi noma’lum



Новости «iPhone 8 haqida yangi tafsilotlar oshkor bo‘ldi»


Всего комментариев: 0
avatar