Воскресенье, 27.05.2018, 06:17
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Май » 2 » Go`sht nega qimmatlashdi?
20:57
Go`sht nega qimmatlashdi?

Davlat statistika qo`mitasi 2018 yil aprel oyi uchun O`zbekiston Respublikasi iste`mol sektoridagi inflyasiya darajasi haqida ma`lum qildi, deb yozadi O`zA.

2018 yilning aprel oyida iste`mol bozoridagi narx va tariflar o`sish sur`ati 0,9 foizni tashkil etdi. Shundan, mahsulotlar oy davomida o`rtacha 0,4 foizga hamda xizmatlar 2,7 foizga qimmatlashdi.

2018 yil aprel oyidagi narx indekslarini o`tgan oylar dinamikasi bilan taqqoslaganda, ushbu oyda xizmatlar narxi o`sish sur`ati bo`yicha mahsulotlar narxiga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo`ldi.

Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida o`rtacha 0,3 foizga qimmatlashib, bu, o`z navbatida, iste`mol narxlari indeksining umumiy o`sishiga 0,1 foiz darajasida ta`sir ko`rsatdi.

Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari guruhi orasida narxlarning o`sishi hamda pasayishi bo`yicha etakchilik mos ravishda meva-sabzavot mahsulotlari va tuxumga tegishlidir.

Go`sht mahsulotlari:

Narxlarning o`sishi (foiz) – go`shtli yarim tayyor mahsulotlar va mahsulotlar – 1,2; mol, qo`y go`shti va qiyma – 1,1; tirik va sovitilgan baliq – 2,2.

Narxlarning pasayishi (foiz) – tovuq boldiri va son qismlari – 1,2; parranda go`shti (sonlardan tashqari) – 2,5.

Meva-sabzavot mahsulotlari:

Narxlarning o`sishi (foiz) – karam – 21,5; banan – 8,0; nok – 7,4; sitrusli – 6,5; olma – 6,4; pomidor – 4,8; quruq mevalar – 2,0; sabzi 1,8;

Narxlarning pasayishi (foiz) – bodring – 19,9; piyoz – 17,4; sarimsoq piyoz – 6,2; kartoshka – 1,2.

Un, yorma va dukkakli mahsulotlarda narxlarning pasayishi kuzatildi.

Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan tuxum va shakar mahsulotlari narxlari sezilarli darajada arzonlashgani (mos ravishda 7,5 foiz va 3,6 foiz) boisi, ushbu turdagi mahsulotlar bilan ichki bozorning to`yinganligidir.

Boshqa turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining o`rtacha narxlarida jiddiy o`zgarishlar deyarli kuzatilmadi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Админ | Теги: Gosht nega qimmatlashdi? | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar