Понедельник, 10.12.2018, 15:58
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Июнь » 4 » Futbolchilarni vaxshiylarcha kaltakla​gan «Iftixor» futbol klubi direktori va murabbiyi butun umrga futboldan chetlatildi
10:04
Futbolchilarni vaxshiylarcha kaltakla​gan «Iftixor» futbol klubi direktori va murabbiyi butun umrga futboldan chetlatildi

31 may kuni internet tarmoqlarida «Iftixor» klubi mutasaddilari tomonidan jamoaning ikki himoyachisi Tursunboy Husanov hamda Hasanboy Ergashevlarni ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar paydo bo`lgandi.

O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi "Iftixor" futbol klubi direktori Ahror Ergashevning klub futbolchilariga nisbatan tajovuzkor hatti-harakatlarni amalga oshirgani haqidagi matbuotda tarqalayotgan xabarlar yuzasidan bayonot berdi.

"Yoshlar ittifoqi jamoasi «Iftixor» futbol klubi direktori Ahror Ergashev va jamoa katta murabbiyi Nodir Qo`ziboev tajovuzkor harakatlari uchun futbol bilan bog`liq har qanday faoliyat olib borishdan butun umrga chetlatildi", - deyilgan O`FA xabarida.

O`FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov vaziyatga munosabat bildirib, O`FA hamda PFL bundan buyon ham o`z o`yinchilariga nisbatan bunday behurmatlik qiladigan va ularning huquqlarini poymol etadigan har qanday klub rahbariyati va murabbiylariga nisbatan keskin choralar ko`rilishini bildirgan.

Qayd etilishicha, bu borada Ahror Ergashev hamda klub katta murabbiyi Nodir Qo`ziboevning tajovuzkor xatti-harakatlari asosida surishtiruv ishlari boshlangan hamda ushbu holat yuzasidan ayni damda tekshiruv davom etmoqda.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Yurtimiz yangiliklari / yurtimiz xabarlari | Добавил: Админ | Теги: Futbolchilarni vaxshiylarcha kaltak | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar