Popup

Главная » Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar » Dubayda “Yumshoq ayiqcha kasalxonasi” ochiladi

Dubayda “Yumshoq ayiqcha kasalxonasi” ochiladi

Dubayda bolalarni shifokorlardan cho‘chimasliklari uchun tibbiy jarayonlar asoslariga o‘rgatadigan “Yumshoq ayiqcha kasalxonasi” ochiladi. Bu haqda UAE Inside ma’lum qildi.

Mazkur tashkilot Dubay amiri qaroriga binoan tashkil etilgan Mohammad Bin Rashid University of Medicine and Health Sciences qoshida bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Maktablarda bolalar o‘yinchoqlarini “davolaydigan” maxsus darslar ham joriy etiladi.

“Yumshoq ayiqcha kasalxonasi”da barcha tibbiy jarayonlardan odamlar emas, bolalarning o‘yinchoqlari o‘tadi. Bolalarning o‘zlari esa maxsus “Simulyatsiya xonalari”da kichik shifokorlar vazifasini bajaradi. Ular yangi kasalxonada bo‘lishga ulgurdi va bundan og‘izlari quloqda.

Manba: Daryo.uz



Новости «Dubayda “Yumshoq ayiqcha kasalxonasi” ochiladi»


Всего комментариев: 0
avatar