Popup

Главная » Qiziqarli telefonlar sirlari / android / smartfon / nokia » Diqqat androidingizni himoya qiling (1-qism)

Diqqat androidingizni himoya qiling (1-qism)

Hozirgi kunda yanada jadallashib borayotgan android tizimi o'yin va dasturlarni o'z ichki sistemasiga joylaydi. Shu qatorda viruslarni ham.
Xo'sh virus qanday qilib androidni egallaydi?
Ko'p hollarda viruslar o'yin yoki ilovalar orqali androidga boshqa fayllarga nisbatan tez o'rnashadi. Qiziqarli o'yinning ostida telefoningizga qanday qilib virus kirib olganini sezmaysiz ham. Virus ilovani (APKni) o'rnatayotgan vaqtingizda android telefoningiz ichiga joylashib oladi.
Buning zararlari:
1. Joylashib olgan virus reklama vazifasini o'taydi. Har hil programmalarni telefoningizga majburan yuklay boshlaydi. Siz ushbu jarayonni faqat internet (мобил. данные) funksiyasini o'chirib to'xtatib qolishingiz mumkin.
2. Ekran yuzidagi tushunarsiz reklamalar. Ushbu reklamalar internet funsiyasi yonishi bilan telefoningiz menyusida rasmli reklamalarni ko'rsatadi. Telefondan foydalanishingizni qiyinlashtiradi. Sensor huddi ishlamayotganday tuyuladi. Aslida esa android apparatingiz zararlanishni boshlagan bo'ladi. Telefoningiz ma'lum muddatga qotishi ham mumkin.
3. Pornografik ilovalar ikonkasi. Bu esa android telefoningiz ekranidagi o'yin va dasturlaringiz orasida turuvchi pornografik ikonkaga ega ilova. Uni o'chirib bo'lmaydi.

Sizning telefoningizda ham shunday holatlar ro'y bersa, zudlik bilan telefoningizni mutaxassis ustalarga ko'rsating. Ulardan telefoningizga yangidan dastur o'rnatib berishini so'rang. Ko'pchilik buni "Прошивка"deydi. Oddiy telefonning o'zidan "Обновить" qilish hech qanday foyda bermaydi.

Muxriddin Shermuhammedov tayyorladi.



Новости «Diqqat androidingizni himoya qiling (1-qism)»


Всего комментариев: 0
avatar