Главная » Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar » Choy miyaning yaxshiroq ishlashiga yordam beradi

Choy miyaning yaxshiroq ishlashiga yordam beradi

Cingapur Milliy Universiteti tadqiqotchilari katta yoshli choyxo‘rlarning miyasi choy ichmaydigan odamlarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi degan xulosaga kelishdi.

Olimlar 60 yoshdan oshgan 36 nafar kattalar yoshlilar orasida tajriba o‘tkazishdi. Ularning sog‘lig‘i taxminan bir xil. Ular neyropsixologik testlar, magnit-rezonans tomografiya (MRT) natijalarini tahlil qildilar va shunday xulosaga keldilar: 25 yil davomida haftasiga kamida to‘rt marta qora, ko‘k choy ichgan odamlarda miya yarimsharlari bir-biri bilan yanada samarali tarzda bog‘langan bo‘ladi.

Dotsent Feng Leining fikriga ko‘ra, ushbu tadqiqot natijalari choy ichishning miya tuzilishi uchun foydasi va uni yoshga bog‘liq buzilishlardan himoya qilishning dastlabki dalilidir.

Avvalroq, Ogayo shtati universiteti olimlari ko‘k choy tanadagi yallig‘lanishni kamaytiradi va semirib ketishining oldini olishga yordam berishini aniqlaganlar. Bu ichimlik tarkibidagi moddalar ichakning faoliyatini yaxshilaydi va foydali bakteriyalar ko‘payishiga va uning devorlarini mustahkamlashga yordam beradi.
Manba: Zamin.uz



Новости «Choy miyaning yaxshiroq ishlashiga yordam beradi»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz