Главная » Qiziqarli foydali maslahatlar / Kerakli maslahatlar » Choy damlashga, nahot, sovitilgan suv yaxshi bo'lsa?

Choy damlashga, nahot, sovitilgan suv yaxshi bo'lsa?

G‘arbiy Sunning sakkizinchi imperatori «Choyning to‘liq tavsifi» nomli asarida choy damlashda qanday suvdan foydalanish kerakligi haqida yozib qoldirgan: toza, yengil, shirin va shaffof. Keyinchalik bu to‘rtta talabga beshinchisi ham qo‘shilgan — suv «tirik» bo‘lishi kerak. Ushbu talablarga javob beradigan suvgina choyni to‘g‘ri damlashga imkon beradi. Qadimda yomg‘ir suvi eng shirin, tog‘ muzidan erigan suv esa eng toza hisoblangan. Turib qolgan emas, oqayotgan suv tirik sanaladi.

Bugun filtr yordamida tozalangan vodoprovod suvi yoki tabiiy manbalardan olib qadoqlangan suv choy damlash uchun eng yaxshi suvdir. Turli navdagi choylarni damlash uchun har xil haroratdagi suv talab etiladi. Ko‘k choy — fermentlanmagan — choy 80S (eng qimmat navi) — 95S darajagacha qaynatib sovitilgan suvga damlanadi. «Ulun» choy navining mazasi to‘liq chiqishi uchun 90 — 100 S darajadagi suv quyiladi. Qizil choy 70 — 85 darajagacha qaynatib sovitilgan suvga damlanishi zarur.

Qora choy pishiq, ishlanmagan barglardan olinadi. Bunday choy damlash uchun suv harorati yuqori bo‘lishi darkor — 98 — 100S.
Manba: Xabar.uz



Новости «Choy damlashga, nahot, sovitilgan suv yaxshi bo'lsa?»


Всего комментариев: 0
avatar