Воскресенье, 24.06.2018, 02:31
Приветствую Вас, Гость
Главная » 2018 » Июнь » 4 » Bog`chaga borilmagan kun uchun pul to`lanadimi?
10:04
Bog`chaga borilmagan kun uchun pul to`lanadimi?

— Bir haftaga oilaviy dam olishga ketmoqchiman. O`sha kunlari farzandim bog`chaga bormaydi. Bog`chaga borilmagan kun uchun pul to`lashim shartmi?

Adliya vazirligi:

Ota-onalardan birining ishdan (o`qishdan) bo`sh vaqti davrida yoki boshqa sabablarga ko`ra bola bog`chaga kelmagan hollarda joriy oy uchun to`lanishi lozim bo`lgan to`lov miqdori u kelmagan kunlar uchun hisoblangan to`lov summasiga kamaytiriladi.

To`lovni kamaytirish uchun ota-onalardan biri sababi ko`rsatilgan holda maktabgacha ta`lim muassasasi rahbariyati nomiga oldindan ariza (bildirishnoma) yozishi shart.

Bunda bolaninng bir yilda ko`pi bilan 60 kundan ortiq bo`lmagan muddatgacha maktabgacha ta`lim muassasasiga kelmasligiga ruxsat beriladi.

Demak, maktabgacha ta`lim muassasasi oldindan yozma ogohlantirilgan bo`lsa, bola bog`chaga bormagan kunlar uchun pul to`lanmaydi.
Manba: Darakchi.uz
Категория: Qiziqarli Fikr mulohazalar / Qiziqarli maqolalar | Добавил: Админ | Теги: Bogchaga borilmagan kun uchun pul t | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar