Главная » Qiziqarli tortlar / tort tayyorlash retseptlari » Bahoriy pirog - vitaminga boy ko`katlardan...

Bahoriy pirog - vitaminga boy ko`katlardan...

Zarur masalliqlar (4 kishilik): 600 gr. qatlama xamir, 500 gr. tvorog, 150 ml. yog`li qaymoq, 3 bog`dan ismaloq va yalpiz, 1 bog` petrushka, yarim bog` shivit, 3 dona tuxum, tuz, murch, maydalangan yong`oq.

Tayyorlanishi: 1. Barcha ko`katlarni maydalab to`g`rang.

2. Tvorogni elakdan o`tkazib, maydalangan ko`katlar bilan aralashtiring.

3. Qatlama xamirni aylana shakldagi qolipga solib, chetlarini ko`tarib chiqing. O`rtasiga ko`katli tvorogni joylang.

4. Tuxumni qaymoq bilan ko`pirtiring. Tuz, murch va maydalangan yong`oqni qo`shib, ko`katli tvorog ustidan soling.

5. Pirogni 220 darajada qizdirilgan gaz pechiga 40 daqiqaga qo`ying. Pishgach, 10 daqiqa gaz pechida qoldiring.

Tayyorlanish vaqti: 1 soat.
Manba:Darakchi.uz



Новости «Bahoriy pirog - vitaminga boy ko`katlardan...»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz