Popup

Главная » Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar » Ayollar tomonidan yuqori texnologiyalar sohasida qilingan 6 ta ixtiro

Ayollar tomonidan yuqori texnologiyalar sohasida qilingan 6 ta ixtiro

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda erkaklar mamnuniyat bilan foydalanadigan buyumlarning ko‘pchiligini ayollar ixtiro qilgan ekan. Sovitgich, zirhli jilet va hattoki pivo ham ayol kishilar tomonidan o‘ylab topilgan. Yuqori texnologiyalar sohasidagi ba’zi dongdor ixtirolar ham aynan ayollarga tegishli ekan. Quyida ularning ba’zilari bilan tanishishingiz mumkin.

Quyosh batareyalari

Doktor Mariya Telkes va uning hamkasbi Eleanor Reymond quyosh batareyalari ishlab chiqish sohasida yangilik yaratuvchilar bo‘ldi. Telkesning ilmiy ishlari unga ko‘plab mukofotlarni keltirdi va “aqlli uylar” texnologiyalari uchun asos qilib olindi.

Simsiz aloqada foydalaniladigan texnologiyalar

Olima va aktrisa Xedi Lamarr AQSh floti uchun radioaloqa sohasida innovatsiya yaratdi, u Bluetooth va Wi-Fi’ga o‘xshash bo‘lgan texnologiyalar uchun asos bo‘ldi.

Mikroto‘lqinli pech

Jessi Kartrayt maishiy texnikada ko‘plab foydali texnologiyalarni o‘ylab topgan, biroq ular orasida eng ahamiyatlisi mikroto‘lqinli pechdir.

MAC interfeysi

Syuzen Keyr — Macintosh kompyuterlaridagi interfeysning afsonaviy elementlarini yaratgan grafik dizayner.

Uy sovitgichi

Amerikalik muhandis Meri Engl Pennington 1907-yilda oziq-ovqat yetkazib berish uchun ko‘chma refrijerator qurilmalarini ishlab chiqdi. 1914-yilda esa yana bir ixtirochi ayol Florens Paspart uy sovitgichi uchun patent oldi.

Telekommunikatsiya sohasidagi ixtirolar

Doktor Shirli Enn Jekson telekommunikatsiyalar sohasidagi tadqiqotlari orqali ton bilan teriladigan telefon, portativ faks va boshqa ko‘plab yuqori texnologiyaga oid buyumlar ixtirochilari uchun yo‘l ochib berdi.



Новости «Ayollar tomonidan yuqori texnologiyalar sohasida qilingan 6 ta ixtiro»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz