Главная » Qiziqarli avtomobil olami / mashinalar haqida » AQShda dunyodagi eng katta avtomobillar yuvish shoxobchasi qurilmoqda

AQShda dunyodagi eng katta avtomobillar yuvish shoxobchasi qurilmoqda

AQShda uzunligi 70 metr bo‘lgan avtomobillar yuvish shoxobchasi qurilmoqda. Uning egalari shoxobcha Ginnesning rekordlari kitobiga kiritilishiga da’vogarlik qilmoqda, deya xabar beradi “Motor”.

Bino Texas shtatida barpo etiladi. Avtomobillar uning ichida maxsus konveyer tasmasi yordamida harakatlanadi.

Firma mijozlarga barcha xizmatlarni — to‘liq avtomatlashtirilganidan tortib, qo‘l bilan yuviladiganigacha taqdim etish niyatida.

Bugungi kunda Germaniyaning Shtutgart shahridagi korxona dunyodagi eng katta avtomobil yuvish shoxobchasi hisoblanadi. Bu yerda soatiga 400 tagacha mashinaga xizmat ko‘rsatiladi.



Новости «AQShda dunyodagi eng katta avtomobillar yuvish shoxobchasi qurilmoqda»


Всего комментариев: 0
avatar
uCoz