Главная » Скачать музыку


Nukus shahridagi “Turon” stadionida bo‘lib o‘tgan sport festivalida “Ummon” guruhi qo‘shiq kuyladi. “KRuz.uz” sayti muxbiri guruh xonandalari bilan suhbatlashdi.

—Avvalambor bugungi festivalda ishtirok etib turganimizdan juda ham manunmiz. Barcha qoraqalpoq xalqini, jajji ukajonlarimiz va singillarimizni bayram bilan tabriklaymiz. Nukus shahridagi stadionda katta sport festivali bo‘lib o‘tmoqda. Bu yerdagi harorat judayam ko‘tarinki ruhda. Hammaning yuzida tabassum. Jajji ukalarimiz esa maydonda futbol o‘ynashmoqda. Ukalarimizga omad tilaymiz. Kelajakda yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib yurishlariga tilakdoshmiz.

— “Ummon” guruhidan qoraqalpoqcha qo‘shiq kutsak bo‘ladimi yaqin orada? Chunki har yili festivalga kelasizlar Qoraqalpog‘istonga.

—Xudo xohlasa albatta. To‘g‘risini aytsak, bunday savol va taklif ilk marotaba bo‘lmoqda. Bu taklifni o‘ylab ko‘ramiz.

—Balki kelasi safar tashrif buyurganlaringizda qoraqalpoqcha qo‘shiq eshitar ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 04.06.2018 | Комментарии (0)


Lola odatdagidek yugur-yugurlar bilan band. Ijodiy uchrashuvlar, tadbirlar, bir tomonda ta`tilga chiqqan farzandlari, lekin u barchasiga ulgurayapti! Hatto, noodatiy savollarimizga javob berishga ham!

— Aytishlaricha siz...

— Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha, ham shunday, negaki xatakterimga ko`ra perfiksionistman. Professionallikni qadrlayman! Ijodiy guruhdan ham shuni talab qilaman. Hatto, u qadar muhim emasdek tuyulgan holatlar ham diqqatimdan chetda qolmaydi. Farzandlarimga ham ko`p aytaman, har bir ishni a`lo darajada bajaring, «yaxshi»si bilan kifoyalanmang, deb.

— Xarakteringiz chizgisi bu...

— Suv! Goho toshqin, gohida sokin harakatlanuvchi obi-hayotman! Toshdan toshga urilsam ham, bir joyda to`xtab qolmayman, oqimni topa olaman. Vijdon amri bilan yashayman, o`z prinsiplarimga sodiqman, agar ular hayotim davomida o`zgarmasa, albatta.

— Lolaning uch orzusi?

— Insonlarga ko`proq ya ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 30.05.2018 | Комментарии (0)


28 may kuni "VIA «Marokand" guruhining a`zosi Abdurashid Toshmatov qiz farzandli bo`ldi.

Bu haqda guruh ma`muri Javlon Shodmonov o`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida videoxabar joyladi.

Fursatdan foydalanib, ijodiy jamoamiz nomidan Abdurashid va uning oilasini bu quvonchli kun bilan muborakbod etamiz.

Ma`lumot uchun, Abdurashid 2017 yilning avgust oyida uylangan edi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 30.05.2018 | Комментарии (0)


«O`zbekkonsert» davlat muassasasi qoshidagi qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy kengash a`zolari tomonidan «Ummon» guruhining «Oq gulim» deb nomlangan qo`shig`i va unga ishlangan klipidagi mavjud kamchiliklarni to`g`rilab, ommaga taqdim etish vazifasi topshirilgan edi.

Biroq bildirilgan kamchiliklar to`liq bartaraf qilinmasdan, efirga berilganligi bois «Ummon» guruhi ogohlantirildi.

«O`zbekkonsert» DM bergan xabarga ko`ra, agar, ushbu holat quyidagi san`atkorda qayta takrorlansa, unga berilgan lisenziya muddatidan avval to`xtatiladi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 30.05.2018 | Комментарии (0)


“O`zbekkonsert” davlat muassasasi qoshidagi qo`shiqlar va ularga ishlangan videokliplar saviyasini baholovchi Badiiy Kengash a`zolari tomonidan “VIA Maroqand” guruhining “Turist” qo`shig`iga ishlangan videoklipida juz`iy kamchiliklar bo`lganligi bois klipni ommaga taqdim etish rad etilgan edi.

"Biroq, guruh a`zolarini bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ushbu klip ommaviy axborot vositalari orqali namoyish etilganligi sababli, “Faoliyatning ayrim turlarini lisenziyalash to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 23-moddasi hamda O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 dekabrdagi 354-son Qarorining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan Nizomning 37-bandiga asosan “VIA Maroqand” guruhi a`zolari Zakirova Asalxon Baxtiyorjon qizi va Tashmatov Abdurashid Xusanovichlarga berilgan lisenziyalar joriy yilning 29 may kunidan to`xtatilganligini ma`lum qilamiz", - deyilgan muassasa rasmiy bildirishida.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 30.05.2018 | Комментарии (0)


"Quvnoqlar va zukkolar klubi" (KVN) o`yinlari "Osiyo MIX" jamoasi ishtirokchisi, xonanda, go`zal aktrisa bilan "Kunutun" suhbat uyushtirdi. E`tiboringizga ushbu suhbatni havola etamiz.

— Hayotingizni san`at bilan bog`lashingizni qachon tushunib etgansiz?

— Yoshligimdan orzuim dizayner bo`lish edi. Bir kuni taniqli dizayner Valentin Yudashkinning bir gala konsertda o`z liboslar namoyishini o`tkazgani e`tiborimni tortgan. U paytda men bir- ikki marta filmlarda suratga tushib ulgurgan edim, lekin hayotimni san`at bilan bog`lash haqida jiddiy o`ylab ko`rmagandim. Shu namoyishni ko`rgach, «avval san`at orqali tanilib, so`ng o`z liboslar to`plamimni chiqarsam qanday bo`larkin» deb o`ylab qolganman.

— Maktabdan so`ng modeler dizaynerlik sohasi bo`yicha ta`lim olgansiz. Hozir ham liboslar yaratib turasizmi?
— Shu kungacha barcha oqshom liboslarimni o`zim tikkanman. Dizaynerlik faoliyatimni hech qachon to`xtatmaganman. Bu mening xobbim, bolaligimdan ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 30.05.2018 | Комментарии (0)


“O`zbekkino”ning feysbukdagi sahifasida O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist, Matyoqub Matchonov O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasiga rais etib tayinlangani haqida xabar berildi...

Uyushmaning asosiy vazifalari milliy kinematografiya yo`nalishlarini belgilash, yangi badiiy jamoalar tuzish, boy an`analarga tayangan holda jahon andozalari darajasidagi zamonaviy milliy kino san`ati maktabini yaratishdir. Shuningdek, O`zbekiston kino san`atini mamlakatimizda va chet ellarda targ`ib etish, xorijiy kino ustalari bilan ijodiy aloqalarni o`rnatish va kengaytirish, milliy va xalqaro kinofestivallarida ishtirok etishni tashkillashtirish ham asosiy vazifasidir. Kino sohasida ijtimoiy madaniy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilish bilan ham shug`ullanadigan uyushma rahbaridan ijodiy yangiliklar kutib qolamiz.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 25.05.2018 | Комментарии (0)


Davron Kabulov boshchiligidagi “Million” jamosini bir qancha ishtirokchilar tark etgani haqida xabar bergan edik...

Kuni kechaesa Shahlo, Otabek Mirzaholov, Ahmad, Umid va boshqalar “Million”ning sobiq a`zolari, yangi “Milliard” guruhini tashkil qilishmoqda...

Ammo yangi jamoa o`zlarining bu yangiliklari haqida rasmiy xabar berishganicha yo`q. Lekin mish mishlarga qaraganda “Milliard” yaqin kunlar o`zlarining ilk konsertlarini taqdim qilishadi.Nima bo`lganda ham ijodkorlarga omad tilaymiz.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 25.05.2018 | Комментарии (0)


O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anievaning qo`shig`ini horijlik xonanda beruhsat kuyladi...

Ma`lum bo`lishicha, uning “Borliging” qo`shig`ini Qirg`izistonlik xonanda Begimoy Bekboeva qirg`iz tilida kuylagan. Bu xonanda avval ham, Rayhonning “Unutaman” qo`shig`ini ijro etgan ekan. Rayhonning o`zi esa, bu holatdan butunlay bexabar.

“ — Ochig`i, bu muammoni hal qilish uchun rosa harakat qildik. Ammo yurtimizda mualliflik huquqlarini himoya qilish bo`yicha tashkilot ishlamaydi. Shuning uchun horijlik hamkasbimga chora ko`rishning imkoni bo`lmadi. Unga insof so`rashdan boshqa choram yo`q” deydi xonandaning o`zi...”
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 25.05.2018 | Комментарии (0)


Xabaringiz bor, ko`pchilik xonandalar yangi klip va qo`shiqlarini aynan Rizanova kanali orqali premera qilishadi...

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Sardor Rahimxon ham bundan mustasno emasdi. BiroqSardor Rahimxon uzoq yillik hamkori Rizanova kanalidan voz kechdi. Bunga xonandani nima majbur qilgani esa o`zigagina ayon... Sardor Rahimxon shuni ma`lum qildiki, endi sevimli xonandangiz ijodidagi barcha ijodiy yangiliklarni xonandaning yutubdagi shaxsiy kanali orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 25.05.2018 | Комментарии (0)


“O`zbekkino” milliy agentligi Matbuot xizmati, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Obid Asomov “Multiplikasion filmlar studiyasi” DUKga direktor etib tayinlangani haqida ma`lumot berdi...

“Multiplikasion filmlar studiyasi” DUK O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 avgustdagi “Milliy kinematografiyani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ 3176-sonli hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 28 dekabrdagi “O`zbekkino” Milliy agentligi faoliyatini tashkil etish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risidagi 1030-sonli qarorlariga asosan tashkil etilgan.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 25.05.2018 | Комментарии (0)


Turkiyaning "Sabah" sayti xabar berishicha etti yildan beri ko`rinmayotgan Ibrohim Totlisas yana muxlislarini hursand etmoqda...

U "Yaylalar" qo`shig`iga klip ishlab, ommaga taqdim etdi.

Ibrohim Totlisas muxlislariga yangi-yangi qo`shiqlar ustida ishlayotganini, qisqa fursatda yangi albomlarini taqdim etishini aytgan.

"Poll Production by Polat Yağcı" savdo belgisi ostida sotuvga chiqarilgan "Yaylalar" klipi muxlislarni shod etdi.

Klipni siz ham tamosha qiling.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 25.05.2018 | Комментарии (0)


Ushbu sarlavhani o`qib, hayron bo`layotgandirsiz. “Yolg`on yoki mish-mish” deyishga shoshilmang. Chunki bu haqiqat!

Shou-biznesning eng mashhur vakilalari, uzoq yillardan buyon “araz”da bo`lishgan edi. Bugun esa birgalikda ijodiy hamkorlikni boshlashgan. Gap-so`zlarga qaraganda taklifni Lola Yo`ldoshevning o`zi bildirdi.

Hamkorlik qanday deyotgan bo`lsangiz, bunga ham javobimiz bor. 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuniga bag`ishlangan — “Qo`lingda imkon” nomli duet bolalar uchun haqiqiy sovg`a bo`ladi. Darvoqe, bu hamkorlikda O`zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Ulug`bek Rahmatullaev va xonanda Shahriyor ham bor.

G`oya muallifi — Lola Yo`ldoshevaning o`zi. Musiqa Shuhrat Zokirovga tegishli. Klimeyker Sanjar Matkarimov, operator Rustam Murodov.

Klipning tasvirga olish jarayoni Toshkent shahri, Samarqand viloyatida, Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatrida, “Bunyodkor ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 17.05.2018 | Комментарии (0)


“O‘zbekkonsert” davlat muassasasining qo‘shiqlar va ularga ishlangan video kliplar saviyasini baholash bo‘yicha badiiy kengashi yig‘ilishida “Via Marokand” guruhining “Turist” deb nomlangan video klipini ko‘rib chiqqan edi.

Badiiy kengash yig‘ilishida “Turist” qo‘shig‘ining matni mantiq va she’riyat talablariga javob bermaydigan bachkana so‘zlar asosida ekanligi va klip kadrlari tushunarsiz holatlar mavjudligi kuzatish mumkinligi ta’kidlangandi.

Bundan tashqari, qo‘shiq so‘zlarida “Ram pa papam tara tira tira tam” so‘zlari she’riyat talablariga javob bermaganligi tufayli rad etilib, xonandalar qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘irlab, qayta topshirishi mumkinligi tavsiya etilgan edi.

“O‘zbekkonsert” tomonidan “qo‘shiq so‘zlarini shoirlar bilan qayta to‘g‘irlab, qayta topshirishi mumkinligi tavsiya etilgan”, “Turist” video klipi Zo‘r TV telekanalida namoyish etilmoqda.

Ma’lumot uchun, “Via Marokand” guruhi prodyuseri, aktyor ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 17.05.2018 | Комментарии (0)


Xabaringiz bor 12 may, Amerikaning Nyu-York shtatida o`zbek estradasining bir necha mashhur xonandalari ishtirokida konsert dasturi bo`lib o`tishi kerak edi...

Unda O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artistlar Ziyoda Qobilova, Rayhon G`anieva va xonanda Shoxruhxon ishtirok etishi e`lon qilingan.

Kecha, Rayhon o`zining instagramdagi sahifasida bu konsertda qatnasha olmasligini ma`lum qildi.

“Ming afsuski, Amerika elchixonasi menga viza berishmadi. 2009 yil Amerikaga borganimda, u erdagi hamyurtlarimiz mendan qo`shiq kuylab berishimni iltimos qilishganda, rozi bo`lgan edim. Bepul. Aslida, bunday bepul xizmatlarni ham avvaldan ogohlantirib, elchixonadan “ish yuzasidan olinadigan viza” bilan chetga chiqish kerak ekan.

O`sha payt, Vatandoshlarimizni iltimosini rad etmaslik uchun qilgan harakatimizni noqonuniy, deb baholashib, bu yil menga viza berishmadi.

Shuning uchun ham 12 may konsertda men bo`lmayman. Ziyoda va Shoxruhxonga e ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 12.05.2018 | Комментарии (0)


Yaqindagina xonanda Shoxruhxon va uning oila a`zolari tushgan yangi fotolarni e`tiboringizga xavola etgan edik. Kecha esa bu oilada yangi chaqaloq tug`ilgani haqida ma`lum qilamiz. Yana ham aniqroq ma`lumot bersak, bugun xonandaning kenja ukasi, Muhammadali ota bo`ldi. Bu haqida uning turmush o`rtog`i Iroda, o`zining instagramdagi sahifasi orqali ezib qoldirgan.

Shuningdek, bu oilaning yana bir kelini Humora (Shoxruhxonning ukasi Shuhratning turmush o`rtog`i) ham internet orqali ovsini va qayniukasini tabriklamoqda.

Biz ham ijodiy jamoamiz nomidan, san`atkorlar oilasini bunday quvonchli kun bilan chin dildan qutlab qolamiz!
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 02.05.2018 | Комментарии (0)


Endilikda, "O`zbekkonsert" muassasadan qo`shiqchilik sohasida faoliyat yuritish uchun lisenziya olmoqchi bo`lgan yoshlar, avvalo, o`z malakalarini oshirish uchun respublikaning istirohat bog`lari bor shahar va tumanlariga tashrif buyurib, konsert bersa, xalq imtihonidan o`tsa, bog`da jonli aytib odamlar ko`nglini olsa, lisenziyani qo`lga kiritadi. Bu haqida muassasa rahbari Odiljon Abduqahhorov.

Avvalo, bu tadbir yosh san`atkorni faoliyati boshidanoq xalq bilan birga bo`lishi, ular oldida chiqib tajriba to`plashiga sabab bo`lsa, ikkinchidan unda san`atga bo`lgan mas`uliyatni oshishiga turtki bo`ladi, desak mubolag`a bo`lmaydi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 02.05.2018 | Комментарии (0)


— Kredit olmoqchiman, lekin garovga qo`yadigan narsam ham kafil bo`ladigan odam ham yo`q. Kreditni qanday olsam bo`ladi?

A.A, Samarqand viloyati

Mazkur masala Aholi bandligini ta`minlash uchun tijorat banklari tomonidan mikrokreditlar ajratish tartibi to`g`risidagi nizom (AV. ro`yx. raq. 2975, 22.02.2018 y.) bilan tartibga solinadi, deb ma`lumot berilmoqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" kanalida.

Nizomga muvofiq qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishini tashkil etish, shaxsiy tomorqa uchastkalarida mahsulot etishtirish va chorvachilik bilan shug`ullanish uchun banklar tomonidan tuman (shahar)dagi sektor rahbari, tuman (shahar) hokimining o`rinbosari – xotin-qizlar qo`mitasi hamda mahalla fuqarolar yig`ini raislari tomonidan beriladigan tavsiyanoma asosida aholiga 3 oydan 6 oygacha bo`lgan imtiyozli davr bilan, eng kam ish haqining 100 baravari miqdorigacha (17 224 000 so`mgacha) yillik 7 foiz stavkada 3 yil muddatga mikrokreditl ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 26.04.2018 | Комментарии (0)


Joriy yilning 7 aprel kuni O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rashid Xoliqov o`g`lini uylantirgani to`g`risida xabar bergan edik.

To`y haqida eshitgan ko`pchilik ota kasbini davom ettirayotgan, Rashid Xoliqovning to`ng`ich farzandi Sanjar uylanayotganini taxmin qilgan edi. Lekin aka qolib, avval uka uylandi.

Xo`sh, nega oilaning o`rtancha o`g`li akasidan oldinroq oila qurdi? Mazkur savolga Sanjar Xoliqov "Sayyod" nashriga bergan intervyusida ma`lum qildi.

– Oilada katta farzandsiz, nega birinchi ukangizni uylantirishdi?

Sanjar Xoliqov: – Chunki menga xozircha yaxshi kelin topilmadi (kuladi). Ukam Islom esa turmush o`rtog`i bilagn 6 yildan beri do`st bo`lib, 3 yil oldin sovchi qo`yilgandi.
Manba: Darakchi.uz

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 21.04.2018 | Комментарии (0)


U – eng xushchaqchaq aktrisalardan biri. Muxlislari shuning uchun ham yaxshi ko`rishadi. Bugun ularning ayrimlari Sitora ALIMJONOVA og`ir kasalga chalinibdi, deya tashvishda yurgani ham rost. Bariga oydinlik kiritish maqsadida akstrisa bilan uchrashdik.

— Turmush qurdingiz. Hayotingizda yaxshio`zgarishlar bo`ldi!

— Ha, yaxshi o`zgarishlar ko`p. Asosiy vaqtimni uyda, oilam bilan o`tkazyapman. O`zim bilmagan holda «uy qizi»ga aylanib qoldim. Xabaringiz bor, to`ydan keyin ancha gap – so`zlar bo`ldi. Shu voqealar sabab, yon-atrofimdagilarning qay birihaqiqiy do`stu kimlar nosamimiy munosabatda ekanini bildim.

— Haqiqatan ham, ijtimoiy tarmoqlarda siz haqingizda aytilmagan gap qolmadi hisob. Ularga javoban, «Bu hamkasblarimdan birining ishi», dedingiz. Xo`sh, sizni yomonotliq qilmoqchi bo`lganlar kim?

—Meni to`g`ri tushuning, ularning kimligini oshkor qilolmayman. Muhimi, o`zim uchun kerakli xulosaga keldim. Qasdlashish fikridan yiroqman. ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli shou biznes yangiliklari |  Добавил: Админ | Дата: 20.04.2018 | Комментарии (0)

1 2 3 ... 12 13 »