Popup

Главная » Скачать музыку


Sog`lig`imiz bilan bog`liq oddiygina o`zgarish ham, aslida, biror xastalik belgisi bo`lishi mumkin. Masalan, tez-tez hiqichoq tutishi, aksirish yoki esnash kabi alomatlarni olsak. Bunday holatlarning me`yoridan ortiq, ya`ni muntazam qaytalanishi organizmda yuzaga kelgan muammolarni anglatishi ham mumkin. Hozir shu xususda batafsil ma`lumot beramiz.



“Hiq-hiq...”

Diafragmaning tortishib-qisqarishi natijasida to`satdan tovush chiqarib nafas olish – hiqichoq tutishi bilan namoyon bo`ladi. Odatda, hiqichoq tutib qolsa, bir qultum suv ichish yoki bir necha soniya nafas olmay turish tavsiya etiladi.

Tez-tez hiqichoq tutishi va uning uzoq davom etishi qorin bo`shlig`ida yallig`lanish borligidan darak bo`lishi mumkin. Shuningdek, hiqichoq tutgan payt ko`krak qafasida og`riq turishi – bosh va orqa miyaning ayrim kasalliklari, ba`zan miokard infarktiga moyillik yoki asab qo`zg`alishlari bilan bog`liq ekanligi ham ehtimoldan holi emas. Agar sizni ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Biz ishlaydigan tashkilotda oylik maoshlarimizning asosiy qismi plastik kartochka orqali to`lanadi. Ma`lum qismi esa naqd shaklda. Ammo ana shu naqd shakldagisini har oy bir xil vaqtda berilmaydi. Ayting-chi, banklar tomonidan pensiya, nafaqa, oylik va boshqa to`lovlar qaysi muddatlarda to`lanishi kerak?

Latif Qurbonov, Toshkent viloyati

M.Eshmatov, Markaziy bank raisi o`rinbosari:

— Banklar tomonidan aholi va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga naqd pullarni berish “O`zbekiston Respublikasida banklar tomonidan pul muomalasiga doir ishlarni tashkil etish to`g`risida”gi yo`riqnomaga asosan birinchi navbatda ish haqi va unga tenglashtirilgan to`lovlarga, pensiya, nafaqa, stipendiya, xizmat safari xarajatlari, shuningdek aholi omonatlarini to`lash uchun amalga oshiriladi.

Xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga pul berish muddatlari jamoa shartnomalari va boshqa lokal me`yoriy hujjatlarga asosan ular bilan kelishilgan holda belgilanadi.

... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Bu qiz shunchalar chiroyliki, ota-onasi uni hayotini saqlash maqsadida uydan ko‘chaga chiqarishmaydi.

Qizning ota-onasini tushunsa bo‘ladi, chunki qiz haqiqatdan juda chiroyli, misli qo‘g‘irchoq! Hayotda plastik jarrohlik aralashuvisiz ideal qiyofa juda kam uchraydigan holga aylanib qolgan bizning zamonda….

Ko‘pchilik haligacha qizning chiroyiga plastik jarrohlik aralashmaganiga ishonmaydi. Men unga havas qilmayman deyishim qiyin, biroq havas qilmaydigan jihatlari uning ko‘chaga tan soqchilarsiz chiqa olmasligida!

U hozir 26 yoshda va hali hamon kiyinish borasida onasining yordamiga muhtoj! Aytish joizki, bu dunyo beshafqat! Hayotda ayollarga yomon ko‘z bilan qaraydiganlar yetarlicha topiladi. Shu sababdan ham uning ota- onasini qizlarini ko‘chaga yolg‘iz chiqarishdan qo‘rqishlarini tushunsa bo‘ladi!

Anjelika Kenova hayoti davomida deyarli uydan ko‘chaga chiqmagan. Chiqadigan bo‘lsa ham, albatta bir necha soqchilar kuzatuvida.
< ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Mustahkam oila – muammolarsiz emas,
balki ularni hal etishga qodir oiladir.
Ellik yil birga yashagan er-xotinning oltin to`yida choldan so`rashayapti:
– Ota, shuncha yillik turmush davomida nahotki birormarotaba bo`lsin ajrashish fikri xayolingizga kelmagan?
– Ochig`ini aytsam, kampirimni o`ldirib qo`yar darajada g`azablangan damlarim bo`lgan, lekin ajrashishni hech o`ylamaganman. Axir o`rtada farzandlar bor-ku!
Ana shunaqa gaplar! Taqdirni buzib bo`lmaydi. Ba`zan eng salbiy hislarni begonalar emas, aynan atrofimizdagilar, yaqinlarimizga nisbatan tuyamiz. Nega? Chunki biz umrimizning ko`p qismini ular bilan o`tkazamiz. Yaqinlarimizga har tomonlama qattiq bog`liqmiz: sirlaridan xabardormiz, odatdagi hazillarini har kuni bir necha marotabadan eshitib, kulgimiz kelmasa-da, kulishga, ularning xurraklaridan tunlarni bedor o`tkazishga, kamchiliklariga ko`nishga (yoki ularni bartaraf etaman deb har safar chuchvarani xom sanashga) majburmiz. Xo`sh, nega chida ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Go`zal, oqila, ishda, ilmda katta muvaffaqiyatlarga erishgan, fe`li ham ajoyib, ammo… yolg`iz! Sizning tanishlaringiz orasida ham shunday qizlar bordir? Xo`sh, u nega shu paytgacha yolg`iz, nega baxti hech ochilmaydi? Siz kelin qilish umidida qiz qidirganlarga uning manzilini berasiz, yaxshi yigitlar bilan tanishtirib qo`yasiz, biroq bari befoyda. U negadir nomzodlarni o`zidan nari itarayotgandek yoki nimasi bilandir cho`chitayotgandek. Xo`sh, muammo nimada? Ruhshunoslar fikricha, bunday qizlar bir necha toifaga bo`linar ekan.

1-toifa: QIROLIChA

Shohsanam bir qarashda kishida yaxshi taassurot qoldiradi. Chiroyli, ochiqko`ngil, kirishimli, quvnoq va bama`ni qiz. Bundan tashqari, havas qilsa arzigulik kelin bo`lishi mumkin: mashinasi, kvartirasi bor, oliy ma`lumotli, yaxshi ishda ishlaydi, ziyoli oilada tarbiya topgan. Shunga qaramay, yoshi 28 ga chiqsa hamki hamon oila qurmagan. Hatto shu paytgacha birovdan sevgi izhori ham eshitmagan ekan. Umuman olganda, Shoh ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Baxt – hayotga bo`lgan munosabatimizda. Inson uning ongi yo`l qo`ygan darajada baxtli bo`la oladi. Shu sababdan, doimo o`zimizni yaxshi natijaga yo`naltirsak, ishlarimiz ham samarali bo`ladi.
Xoh kichik, xoh katta bo`lsin, har qanday muammoning ham yaxshi tomonini ko`ra bilishni o`rganish lozim. Bu muammoning echimini topishga yordam beradi.
Baxtning asl ildizi — shukr qila bilishda. Unutmangki, sizni baxtsiz qilayotgan bu tashqi olam emas, balki ichingizdagi hissiyotlar. Hissiyotlarni boshqarishni o`rgansangizgina baxtli bo`la olasiz!
Harakat hissiyotlarga ta`sir qiladi. Jismoniy mashg`ulotlar jismda kimyoviy reaksiyalar sodir qiladi va natijada inson o`zini yaxshi his eta boshlaydi.
Hissiyotlar qomatga ham ta`sir qiladi: dard elkalaringizni bukchaytirib qo`yishiga yo`l bermang. Siz dardni engishni o`rganing, u sizni mag`lub qilmasin.
Baxtni yillar, oylar, haftalar va yoki kunlarda emas, har soniyada topish mumkin. Har bir soniyada baxtni his qiling, ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Qadim-qadimdan ovqat tayyorlashda turli-tuman ziravorlardan foydalanib kelingan. Shu bilan birga ziravorlar turli kasalliklarga davo hamdir. Ziravorlarning asl vatani Hindiston. Ammo har bir mamlakat o`z dorivor o`t va giyohlari, ziravor o`simliklariga ham ega. Tabiblarning fikriga ko`ra eng yaxshi shifoni o`z o`lkangizda o`sgan o`t-giyohlardan topish mumkin ekan. Xalqimizda ham turli giyoh va ziravorlardan foydalanish odat bo`lgan. Taomlarimizni ularsiz tasavvur qilish ham mushkul. Yurtimizda ishlatiladigan aksariyat ziravorlar va ularning foydali jihatlari barchaga ham ma`lum emas. O`ylaymizki, ziravorlar haqida keltirib o`tilgan ma`lumotlar barchangizga birdek foydali bo`ladi…



Ishlatishni bilasizmi?

Ba`zi tibbiyot kitoblarida aytilishicha, ziravorlarni yog`da qovurib bo`lmaydi. Ziravorlar yog`da qovurilganda uning tarkibidagi foydali moddalar yo`qoladi va toksinlar ajralib chiqa boshlaydi.

Hatto ziravorlarni ovqatga qo`shish tartib ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Ayol makri qirq tuyaga yuk bo`ladi.

Nahot o`sha “tuyalar” ustiga nima ortilganini bilmasa?!

Erkak yuragini zabt etish degani chakana ish emas. Turmush qurib ham hech charchamadingiz-da. Qurg`ur eringiz ham o`zingizdan badtar chiqdi. Orqavorotdan u haqida hamma biladigan, birgina sizga noma`lum ma`lumotlarni eshitganda, ayniqsa, ahvolingizni tasavvur qilish qiyin emas. Siz o`qimagan psixologik kitob, er-xotin munosabatlari haqidagi risolalar, bormagan folbin, ekstrasens qolmadi. Faqat 4 sir bor.

O`g`rini qaroqchi ursa...

Siz yoqtiradigan psixologlarning aytishicha, ayollar uchun erkaklarni rom etish haqidagi maqolalarni ularning o`zlari ham maza qilib o`qisharkan. Superizquvar bo`lib topgan informasiyalaringiz o`zingizga qarshi ishlashi mumkin, bu doim yodingizda bo`lsin. Agar qo`lingizni so`rayotgan yigit istaklaringizni chaqqon bilib olaversa, shilq etib tushishga shoshilmang. Hamma narsa tahlilda bilinadi. “Ko`ngilni ovlash” chinaka ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Ma`lum bo`lishicha, inson umri davomida har biri 7 yil davom etadigan 12 ta bosqichdan o`tar ekan. Bu bosqichlarda o`ziga xos muammolarga duch kelish tabiiy. Bundan hayotiy tajriba ortadi va muayyan qiyinchiliklarga chap berishni ham o`rgansa bo`ladi. Boshqacha aytganda, biz insonlar umrimizning har bir yilini o`z yoshimizdan kelib chiqqan holda kutib olamiz va kuzatamiz. Umringizning qaysi bosqichida sog`lig`ingiz qay darajada bo`lishiga qiziqsangiz va uni imkon boricha yaxshilash tarafdori bo`lsangiz, ushbu maqola aynan siz uchun!



0-6 yosh

Jajji odamchaning umurtqasi, skeleti va umuman, butun tayanch-harakat apparati, mushak paylari ham kattalar e`tiboriga muhtoj. Bu davrda uqalash kurslari, yoshga doir jismoniy mashqlar tavsiya etiladi. Bordiyu bu jarayonda lat eyish, pay cho`zilishi kabi muammolar uchrab qolsa, aslo o`zboshimchalik bilan uy sharoitida davolashga urinmang. Bolani travmatolog qabuliga olib boring. Ovqatlanish rasioni tarkibi: su ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


O`zida vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot go`shtini ko`p va xo`b eng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, karies, soch to`kilishi, buqoq dardlaridan asraysiz. Sho`rvaga solib, buvi-buvalarning oldiga qo`ysangiz, duo olishingiz aniq: baliq yurakni sozlab, qon bosimini me`yorda ushlaydi, qarabsizki, keksalarning xotirasi pand bermaydi, kayfiyati chog` yuradi. Baliqni turmush o`rtog`ingizga “toblama” shaklida yaltiroq qog`ozga o`rab, gaz pechida pishirib berishdan erinmang. Qalbida xushnudlik paydo bo`ladi, sog`lig`i tiklanadi. Nega deysizmi, axir unda erkaklar salomatligi uchun nihoyatda zarur omega oqsillari mujassam. O`zingiz ham onda-sonda emas, har hafta baliq esangiz, yuqoridagi xizmat, kattalarga ko`rsatgan himmatingiz uchun umringiz uzoq bo`ladi. Baliqning biz bilgan va bilmagan xususiyatlari haqida oilaviy shifokor Yulduz Karimjonova m ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Har birimiz kelajak uchun kattami-kichikmi rejalar tuzamiz va olditmizga maqsadlar qo`yamiz. Ular amalga oshishi uchun imkon qadar harakat qilamiz. Tasavvuringizda besh yildan keyingi hayotingizni tasavvur qilib ko`rganmisiz? Siz u vaqtda qanday bo`larkansiz? Keling, buni quyidagi test orqali aniqlab ko`ramiz! Ishga kirishishdan avval har qanday mantiqiy fikrlashni bir zumga bo`lsa-da tark eting, ijodiy salohiyatingizga esa erkinlik bering.

Kerak bo`ladi: ikkita oq qog`oz (A3 formatida bo`lsa yanada yaxshi) , rangli qalamlar, ish stoli, jimlik va yarim soat vaqt.

Ish tartibi:

1. Birinchi varaq markaziga o`zingizning hozirgi holatingizni chizing, bo`y-bastingiz to`liq bo`lsin. Rasm chiroyli chiqishi shart emas, shuning uchun surat chizishdagi “uquvsizman” degan bahona o`tmaydi. Suratingiz yoniga hozir hayotingizdagi muhim insonlar, munosabatlar, ishlar va boshqa narsalarni ramziy belgilar bilan chizib chiqing.

2. Chizib bo`ldingizmi? U ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Geometriya — matematikaning tarkibiy bir qismi bo’lgan fan. Uning vujudga kelishi uylar, yo’llar qurilishini yengillashtirish, yer o’lchash kabi mutlaqo amaliy ehtiyojlar bilan uzviy bog’langan. «Geometriya» so’zining o’zi yunonchadan tarjima qilinsa, «yer o’lchash» degan ma'noni anglatadi. Odamlar yer bo’laklarini o’lchash zaruratiga juda erta duch keladilar. Miloddan 3—4 ming yillar avval Nil, Dajla va Furot vodiylaridagi unumdor yerlarning har bir bo’lagi kishilar hayotida muhim ahamiyat kasb etdi. Daryo toshqinlaridan keyin yerlarni қaytadan taқsimlash-ga tўgri kelardi, buning uchun esa muayyan handasaviy bilimlarga ega bo’lish lozim edi. Geometriya shu tariqa dunyoga keldi. Bizgacha yetib kelgan mixxat yozuvlarga asoslanib, tadqiqotchilar miloddan oldingi 2 minginchi yillardayoq odamlar maydonlarni uchburchak, to’g’riburchak shakllarga ajratishga, figura-jussalarning hajmini belgilashga muvaffaq bo’lishgan.

Shunisi diqqatga sazovarki, miloddan oldingi VII asrda Samos ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Qaldirg'ochlar chumchuqsimonlar turkumiga mansub qushlar bo'lib, ularning bir necha o'nlab turlari bor. Qanotlari uzun va tor, oyoqlari kalta, deyarli yura olmaydi, yerga faqat ini uchun material to'plashga tushadi. Yer yuzasining Arktika va Antarktidadan boshqa hamma qismida tarqalgan. O'zbekistonda shahar va qishloqlarda qishloq qaldirg'ochi ko'p uchraydi. Ular uchib yuradigan hasharotlarni havoda tutib yeydi. Hasharotlar esa faqat issiq havodagina uchadi, demak qaldirg'ochlar qishda och qolishi mumkin. Shu sababli ular qishda Afrika hamda Janubiy Osiyoga uchib ketadilar.





Qaldirg'ochlar mart oyida uchib keladi va aprel-may oylarida in quradilar. Qaldirg'och inini, ko'pincha, yarim doira shaklida jun va xas-xashak aralash loydan yasaydi. Yiliga 1—2 marta 4—6 ta tuxum qo'yadi. Tuxumini 14—16 kunda ochib chiqadi. Qaldirg'ochlar avgust oyining oxirlarida oila bo'lib, issiq mamlakatlarga uchib ketadi.

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Ko‘pchilik ertalab uyqudan yomon kayfiyatda uyg‘onishiga to‘yib uxlay olmagani sabab bo‘lishini ta’kidlaydi. Ammo Angliya olimlari buning asl sababini o‘z tadqiqotlarida aniqlashdi. Ma’lum bo‘ldiki, bizning kam uxlashimiz kayfiyatga hech bir jihatdan ta’sir ko‘rsatmaydi. Bunga qaysi yonboshda uxlaganimiz sababchi bo‘ladi. Agar biz a’lo kayfiyatda uyg‘onishni istasak, albatta chap yonboshda, yana karavotning ham chap chetida uxlashimiz talab etiladi. Basharti chap yonbosh bilan yotib, oyoqlarimizni bukkan holda og‘iz qismimizga yanada yaqinlashtirsak, bu juda tez uyquga ketishimizni ta’minlaydi.

Tadqiqotlarda ishtirok etganlarning aksariyati qorinni yerga berib yotishga odatlanganini aytganda, olimlar buni zudlik bilan inkor etish zarurligini uqtirishdi. Ularning aytishicha, qorinni yerga berib yotganda bosh bir tarafga albatta majburan burib olinadi. Buning natijasida umurtqadagi arteriyalardan birini bo‘g‘ib qo‘yadi. Bu esa miyaga qon yetib borishini sekinlashtiradi. Chal ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Shuning sababini Barselonadagi biotibbiyot ilmiy tekshirish instituti olimlari aniqlashdi.

Saraton xastaligining xarakterli jihatlaridan biri shunda ekanki, u juda katta tezlikda bemor organizmida anomal to‘qimalarni yaratadi. Bu to‘qimalar saraton shishidan tashqarida ham bemalol yashab qolishadi. Bu jarayon esa metastazom deb ataladi. Kimyoviy terapiya faqat organizmda shu jarayon boshlangandan keyingina ijobiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Qolaversa, saraton shishida turli quvvatga ega nurlarga nisbatan alohida «immunitet» mavjud. U nurlar ta’sirida o‘lish o‘rniga tobora rivoj topib boradi. Uning o‘lmasligini maxsus oqsillar ta’minlab beradi. Olimlar hozirda xuddi o‘sha oqsillarga qarshi ta’sir eta oluvchi dori vositasi yaratish niyatida mehnat qilishyapti.

«Mir-24»

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Omadli va ishi yurishgan odamga aylanishni istaysizmi? Quyidagi 22 odat hayotingizni tubdan o`zgartirib yuborishi mumkin, deydi “Onedio.ru” nashri.

1. Faqat yaxshi narsalar haqida o`ylang, shunda barcha orzularingiz ro`yobga chiqadi!
2. Har kuni xonangizni yig`ishtirib, keraksiz eski-tuski kiyimlarni, keraksiz buyumlarni olib chiqib tashlang.
3. Fast-fuddan voz keching.
4. Har kuni bir paytda uxlab, bir paytda uyg`oning.
5. Tongda badantarbiya qiling.
6. Har kuni 5 ta chet el so`zini o`rganing.
7. Pulni bekorga sovurmay, tejang.
8. 8 soatdan kam uxlamang.
10. Har kuni ertalab yugurishni odat qiling.
11. Uyqu oldidan har kuni kechqurun bir stakan kefir ichishni odat qiling.
12. Labingizdan tabassum arimasin.
13. Har kuni kimgadir ozgina bo`lsa ham yordam berib, savob ishlarni amalga oshiring.
14. Gavdangizni tik tuting, bukchayib olmang.
15. Haqoratli so`zlarni og`zingizga olmang.
... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Inson ma’naviyati — egnidagi libosi bilan belgilanadi. U qanday uslubda kiyingan bo‘lsa, o‘sha insonning fe’l-atvorini, dunyoqarashini namoyon qiladi. Bugungi kun yoshlarining, avvalo, talabalar libosining bir qismiga aylanib ulgurgan galstuk — bu borada katta ahamiyat kasb etadi.

Kishi xarakterida jiddiylik, bosiqlik xislatlarini shakllantirishda uning o‘rni beqiyos. Shuningdek, boshqalarda ziyoli odam siymosini gavdalantiradi. Taajjubki, ba’zi talabalar ushbu haqiqatni noto‘g‘ri qabul qiladilar. Qo‘pol qilib aytganda, galstuk ular uchun majburiy bog‘lanadigan bo‘yinbog‘ hisobida bo‘lib qolgan.

Yo‘q, galstuk — bu madaniyat belgisidir. Agar madaniyatli bo‘lmoqchi bo‘lsangiz, undan uzoqlashmang!

Elmurod ABDULLAYEV.

Internet manbalaridan olindi

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


Dunyoda mo‘‘jizalar ko‘p. Insonning tabiat bilan bog‘liqligi ham bor gap. Buni biz «suv», ya’ni suvning inson organizmidagi roli haqida ilmiy asoslangan faktlarga ko‘ra bir misol bilan keltirib o‘tmoqchimiz. Bir guruh tadqiqotchilarimiz so‘z bilan suvga ta’sir o‘tkazib, uni ta’sirlanish darajasini aniqlashgan.

Natijada uchta suv to‘ldirilgan idishga bir siqimdan guruch solishgan. Bir idishga oxistalik bilan so‘zlab o‘tgan, ikkinchisiga yomon so‘zlarni aytgan, uchinchisiga esa umuman e’tibor bermay o‘tgan. Ma’lum vaqt shu tarzda har kuni suvga ta’sir o‘tkazgan. Yaxshi e’tibor bilan qaralgan idishdagi guruch ungan, ikkinchisi qorayib ketgan, uchinchisi esa o‘shanday holatda sasib ketgan ekan.

Bundan xulosa qilishib suv tomchisiga qo‘pol, mulo-yim so‘zlarni tovush va kuylarni ta’sir ettirib tajriba o‘tkazishdi. Natijada, inson organizmidagi suv tirik, u so‘zlar yordamida miya bilan aloqaga chiqib, o‘zining funksiyalarini bajaradi, degan xulosaga kelishgan.
... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 25.02.2017 | Комментарии (0)


«Olamda sevgining siymosidan zeboroq chehra, uning ovozidan yoqimliroq musiqa yo`q», degan edi bir donishmand. Bugungi qahramonlarimizning dardini tinglab, bu hikmat bejizga aytilmaganiga amin bo`ldik. Chunki muhabbat yo`lida o`zini unutgan, hamma narsaga tayyor bo`lgan suhbatdoshlarimiz bizni rostdan lol qoldirdi…

Bu galgi suhbatdoshlarimizga O`zbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova maslahat beradi:





«YIGIRMA YIL SO`NMAGAN IShQ O`TI»

Davron, 37 yosh, Sirdaryo viloyati:

— Bu gaplarni kimgadir aytmasam bo`lmadi. Yuragimdagi azob bilan, uyimdagi tortishuvlardan siqilib, kimgadir «yorilgim» keldi.

Ilgari «yoshlikda bergan ko`ngil, ayrilmas balo bo`lur», degan gapni eshitsam, hayron bo`lardim. Bu haqiqat ekan. Muhabbat shunday dard ekanki…

Maktabda sinfdoshimga ko`ngil qo`ygandim, ammo taqdir yo`llarimiz tutashmagan ekan.

— Sizdan oldin turmush qura olmayman. Siznikidan ke ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 24.02.2017 | Комментарии (0)


*Frantsuzlar kabutarni “uchar kalamush” deb atashadi.

* Shoqollarning xromosomalari itlar va bo’rilarnikidan bir juft ko’p.

* Yo’lbarslarning faqat junigina emas, terisi xam yo’l-yo’l.

* Sarg’an balig’ining suyaklari yashil.

* Sakkizoyoqning ko’z gavxari to’rtburchak bo’ladi.

* Otlarning suyaklari odamnikidan 18 ta ko’proq.

* Yer sharidagi jonivorlar orasida eng yuragi katta va eng yuqori qon bosimiga ega jonivor bu jirafa.

* Jirafaning tili qora va uning uzunligi 45 sm.gacha yetadi.

* Antarktidadagi baliqlarning qon harorati – 1,7 darajagacha pasaya oladi.

* Kitning yuragi bir dakikada 9 martagina uradi.

* Tovuk uzogi bilan 13 sekund ucha oladi.

* Pingvin suza oladigan, ammo ucha olmaydigan yagona kush. Yana u tik yura oladigan yagona kushdir.

* Folklend orollari axolisining xar biriga 350 tadan kuy tgri keladi. Yangi Zelandiyada e ... Читать дальше »

Категория: Qiziqarli malumotlar / ajoyib xabarlar |  Добавил: Admin | Дата: 24.02.2017 | Комментарии (0)

« 1 2 3 4 5 ... 9 10 »